UKRAINADA MEHNAT QILAYoTGAN VATANDOShLAR TAQDIRI NIMA KEChADI?

24.02.2022 16:35

Rossiyadagi millionlab o`zbekistonlik migrantlarchi?

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, bugungi kunda agentlik tomonidan Ukrainaga mehnat shartnomasini tuzish uchun ketganlar yo`q.

Ammo bizdagi ma`lumotlarga qaraganda, xususiy bandlik agentliklari tomonidan 2020 yilda 8 nafar, 2021 yilda 5 nafar fuqarolarimiz tashkillashtirilgan holda ishlash uchun jo`natilgan. Bu degani u davlatda fuqarolarimiz yo`q degani emas. Individual tarzda ketganlar ham bor.

Matbuot kotibi Ortiqxo`ja Norovning aytishicha, bugungi kunda agentlikning Ukrainada maxsus vakolatxonasi yo`q.

“Biz asosan O`zbekiston fuqarolari ko`pchilikni tashkil etuvchi mamlakatlarda vakolatxona ochishni rejalashtirganmiz. Vakolatxona yo`q degani o`sha erda yurgan fuqarolarimizga yordam ko`rsatilmaydi degani emas. Agar bizga murojaat qilishsa, biz albatta, huquqiy, moddiy yordam ko`rsatishga tayyormiz", dedi O.Norov

Shuningdek, matbuot kotibi Rossiyadagi migrantlar masalasiga ham aniqlik kiritdi. Uning aytishicha, ularga ham huquqiy, moddiy yordam beriladi, sog`ligini yo`qotgan, mehnatga layoqatsiz deb topilgan alohida holatlarda esa vatanga qaytarish choralari ko`riladi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
25.02.2022 18:02
Матбуот котиби Ортиқхўжа Норовнинг айтишича, бугунги кунда агентликнинг Украинада махсус ваколатхонаси йўқ.-Unda bu mansabda nima qilib o`tirishibdi, xalqning pulini yeb?