2021 yilda jami 23 ming 911 nafar o`zbekistonlik davolanish maqsadida chet elga ketgan.
O`zbekistonda sog`liqni saqlash tizimi hali ham yaxshilangani yo`qmi?
Davlat statistika qo`mitasi 2021 yilda 32,4 ming xorijliklar davolanish maqsadida O`zbekistonga kelganini yozmoqda.
Rost24.uz saytining surishtiruviga ko`ra, davolanish uchun kelgan «xorijliklar»ning asosan Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan fuqarolardir.
Qozog`istondan - 13, 84 ming kishi;
Tojikistondan - 3,01 ming kishi;
Qirg`iz respublikasidan - 4,35 ming kishi.
Statistika qo`mitasi taqdim etgan ma`lumotda boshqa mamlakatlardan davolanish maqsadida kelgan xorijliklar haqida ma`lum qilinmagan.
2021 yilda jami 19,07 ming O`zbekiston fuqarolari davolanish uchun chet elga yo`l olishgan:
Rossiyaga – 11,24 ming kishi,
Turkiyaga - 4,34 ming kishi,
Qirg`iz Respublikasiga - 3,49 ming kishi ketgan.
Shuni qayd etish kerakki, xorijda davolanishga agar o`sha mamlakatning tibbiy sug`urtasi bo`lmasa O`zbekistonga qaraganda ancha ko`p mablag` ketadi. Shu sababli ham ko`pchilik bunga imkon topolmaydi.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston amaldorlari odatda xorijda davolanib kelishadi.