Ukrainadagi vaziyat hamon tahlikali holatda. Bugun Ukraina xavfsizlik kuchlari Donesk chegarasida ikki marta minomyotlardan o`qqa tutgan https://ria.ru/20220217/donetsk-1773310917.html.
Ma`lum bo`lishicha, biroz avval Donesk chekkasidagi Mandrikino qishlog`i ham o`qqa tutilgan. Bir soat ichida LXR va DXR aholi punktlariga 60 dan ortiq snaryad otilgan. Hujumda granatomyotlar, 82 mm va 120 mm minomyotlar qo`llanmoqda, 82 kalibrli oltita mina otilgan.
Rossiya tomoni Kiev Minsk kelishuvlariga rioya qilmayotganini va mojaroni hal qilish bo`yicha muzokaralarni cho`zayotganini bir necha bor ta`kidlagan. Rossiya tashqi ishlar vazirligiga ko`ra, Kiev Donbassga Ukraina qurolli kuchlari shaxsiy tarkibining yarmini jo`natgan.
Moskva NATOga a`zo davlatlardan Rossiya chegaralariga harbiy texnika o`tkazilishidan xavotirda ekanligini ma`lum qildi.
G`arb davlatlari Ukrainaga harbiy yordam ko`rsatishda, jumladan Donbassda qo`llanilayotgan qurollarni etkazib berishda davom etmoqda.
Bundan biroz avval esa, Kievda namoyishchilar xavfsizlik kuchlari bilan to`qnashdi, polisiya ko`zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatayotgani aytilmoqda.
Eslatib o`tamiz, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning hujum uyushtirishi taxmin qilingan 16 fevral sanasini Birlik kuni deb e`lon qilgan va «Ushbu kunda biz milliy bayroqlarni ilamiz, ko`k-sariq tasmalarni taqib, butun dunyoga bizning birligimizni ko`rsatamiz», - degan edi.