O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudining raisi Mirzo-Ulug`bek Abdusalomov bugun 70 yoshga to`ldi.
Mirzo-Ulug`bek Abdusalomov 1952 yil 14 fevralda Sirdaryo viloyatida tug`ilgan. Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – huquqshunos, yuridik fanlar nomzodi, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan yurist.
Mehnat faoliyati:
1995—2004-yillar — O`zbekiston Respublikasining Oliy xo`jalik sudi raisi.
2004—2005-yillar — O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy sudi raisi.
2005—2021-yillar — O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi.
2021-yildan hozirgi vaqtgacha — O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy sudi raisi.
2021 yilga qadar qariyb 16 yil davomida Markaziy saylov komissiyasini boshqargan. 2021 yil 5 fevral kuni esa amaldor Senatning o`n ikkinchi yalpi majlisida Konstitusiyaviy sud sudyasi lavozimiga tasdiqlangan edi.
Bugun Mirzo-Ulug`bek Abdusalomovning tavallud topgan kuni va amaldor 70 yoshga kirdi. Xo`sh endi bu amaldor vazifasidan ozod qilinadimi? Bu bo`yicha qonunlarimiz nima deydi?
“O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy sudi to`g`risida”gi Qonun 7-moddasiga binoan, Konstitusiyaviy sudning sud`yasi lavozimida bo`lishning eng yuqori yoshi qonun bo`yicha 70 yoshni tashkil qilar ekan.
Qonun bo`yicha, Mirzo-Ulug`bek Abdusalomov lavozimini 71 yoshga to`lgunga qadar tark etadi. Aksincha bo`lsa “Qonunlar shaxslarga qarab o`zgarib turadi”, degan nazariya takrorlanadi. Ko`ramiz, kuzatamiz…