O`zbekistonda 40 mingga yaqin talabaning onlayn tahsil olishga imkoniyati yo`q

23.12.2020 12:45

Bunga esa Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi mas`uldir.

O`zbekistonda 40 mingga yaqin talabaning onlayn tahsil olishga imkoniyati yo`q. Bu haqida Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi boshqarma boshlig`i Alisher Abdullaev rost24.uz muxbiriga ma`lumot berdi. 

Abdullaevning dalolat qilishicha, talabalarning internetga ulanish imkoniyatiga bo`yicha Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi mas`uldir. 
“Respublikamizning barcha hududlarida internet tezligi bir xil emas. Prezidentimiz qarorlariga ko`ra, bunga Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi mas`ul hisoblanadi. Ayni paytda bosqichma-bosqich internet etib bormagan hududlarga optik tolali tarmoqlar etkazilmoqda. Bu hozirda ma`lum bir bosqichga etib kelgan. Biroq muammolar hamon mavjud. Biz statistikalarni olib bordik. Natijalar, salkam 40 mingga yaqin talabada onlayn o`qish imkoniyati mavjud emasligini ko`rsatmoqda.

Mamlakatimizda ayni paytda 580 ming nafar talaba bo`lsa, ularning 50 – 40 ming nafari to`g`ridan-to`g`ri platforma va vebinarlarda qatnasha olmagan, ular uchun sharoit yaratib beriladi. 1-4 kurs talabalari hozirda an`anaviy o`qishni davom ettirmoqda”, dedi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi boshqarma boshlig`i Alisher Abdullaev.

Pandemiya davrida oliy o`quv yurtlarida masofaviy ta`lim joriy etildi. Bunda barcha o`quv yurtlarida dasturiy ta`minotlardan foydalanildi. Bir vaqtning o`zida onlayn tahsil olayotgan talabalarning internet tarmog`iga ulanish bo`yicha muammolarga duch kelayotgani haqidagi ma`lumotlar ijtimoiy tarmoqlarni to`ldirdi. Xuddi shu vaqtda esa, AKT vazirligi Speedtest Global Index mobil aloqa internet tezligi jahon reytingida O`zbekiston mobil internet tezligi natijalariga ko`ra, yana 2 ta pozisiyaga ko`tarilganini ma`lum qilgan.

O`zbekiston hozirgi kunda internet tezligi bo`yicha 174 ta mamlakat ichida 94-o`rinni egallamoqda. 

Ma`lumot uchun: Speedtest portali internet tezligini tekshirish uchun umumjahon internet foydalanuvchilar tomonidan ishlatiladi. Portal foydalanuvchilar tomonidan berilgan ma`lumotlar asosida tahlil olib boradi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар