To`qaev “Nazarboevchilar”ni tozalashni boshladi

11.01.2022 12:47

5 yanvar kuni prezident To`qaev Qozog`iston hukumatini iste`foga chiqarish haqidagi farmonni imzoladi. Shuningdek, bir nechta lavozimlarda o`zgarishlar kuzatildi:

Alixon Ismoilov sobiq bosh vazir Asqar Mamin o`rniga mamlakat bosh vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Murat Nurtleu Samat Abish o`rniga Milliy xavfsizlik qo`mitasi raisining birinchi o`rinbosari bo`ldi.

Erlan Karin esa Qirimbek Kusherboevning o`rniga davlat kotibi bo`ldi.

Lavozimdan ketganlar bevosita Nazarboevga daxldor shaxslar bo`lgan.

Masalan, Milliy xavfsizlik qo`mitasi raisining sobiq birinchi o`rinbosari Samat Abish Nazarboevning jiyani bo`lgan.

Nazarboevning mashhur ittifoqchisi Karim Masimov esa davlatga xiyonatda ayblanib hibsga olingani e`lon qilindi, u tartibsizliklar avjiga chiqqan paytda xavfsizlik qo`mitasi rahbari lavozimidan ozod etilgan.

Sobiq davlat kotibi Qirimbek Kusherbaev esa Nazarboev qo`lida uzoq yillar davomida turli lavozimlarda ishlab kelgan. Prezident matbuot kotibligidan boshlab Bosh vazir o`rinbosarigacha jami 25 ta lavozimda faoliyat yuritgan.

Sobiq Bosh vazirning birinchi o`rinbosari Asqar Mamin ushbu lavozimga Nazarboev tomonidan 2019 yilda, prezidentlikdan ketishidan bir oy oldingina tayinlangan edi.

Alixon Ismoilov esa uzoq yillar davomida To`qaev bilan birga ishlagan. To`qaev 2003 yilda, ya`ni Nazarboev davrida Tashqi ishlar vazirligini boshqargan paytda ham aynan Alixan Ismailovni o`ziga o`rinbosarlikka tayinlagan edi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар