Qozog`iston 6 yanvar tunidan shu vaqtgacha ro`y bergan voqealar xronologiyasi

06.01.2022 16:00

Taxminan ertalab soat 4 da aloqa internet aloqasi yana bloklangan va hanuzgacha tiklanmagan. Shuningdek, ayrim viloyatlarda televidenie faoliyatida ham uzilishlar kuzatilmoqda;

- KXShT Qozog`istonga tinchlikparvar qo`shinlarini yubordi. Rossiyadan Qozog`istonga havo-desant kuchlarining bo`linmalari kiritilgan;

Armaniston Qozog`istonga KXShT kuchlari tarkibida 70 ga yaqin askarini jo`natgan. Tojikiston esa 200 nafar askarini yuborishi kutilmoqda. Ular Qozog`istondagi ommaviy norozilik namoyishlari fonida strategik ahamiyatga ega ob`ektlarni himoya qilinishini ta`minlaydi.

- Olmaotada huquq-tartibot idoralarining 13 nafar xodimi halok bo`ldi (ikkisining boshi kesildi), 350 dan ortiq kishi jarohatlandi;

- Tunda namoyishchilar Olmaota polisiya boshqarmasi, ma`muriy binolar va polisiya bo`limlarini egallab olishga harakat qilishdi, natijada xavfsizlik kuchlari tomonidan "o`nlab odamlar yo`q qilindi";

- 6 yanvar kuni ertalab Olmaotada talonchiliklarni tozalash bo`yicha maxsus operasiya boshlandi. Qurolli kuch tuzilmalari 50 ga yaqin texnikani tayyorladi: zirhli transport vositalari, harbiy yuk mashinalari. Harbiylar va namoyishchilar o`rtasida ertalab soat 10:00 da otishma boshlandi. Keyin harbiylar orqaga chekindi, biroq 200 ga yaqin namoyishchi yana Respublika maydoniga to`plandi. Namoyishchilar shaharning birinchi va ettinchi kasalxonalarini ham o`rab olishdi;

- Qosim Toqaev hukumatga bir qator topshiriqlar berdi: voqea sabablarini aniqlash uchun maxsus tergov guruhi tuzish, jangovar tayyorgarlik choralarini ko`rish, halok bo`lgan polisiyachilarning oilalariga yordam ko`rsatish, to`g`ridan-to`g`ri ochiq aloqa liniyasi tashkil etish, jabrlanganlar to`g`risida ma`lumotlar to`plash va uzatish, ikkinchi darajali banklar faoliyatini ta`minlash, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan aloqani uzish;

- Hukumat suyultirilgan avtogaz uchun narx chegaralarini belgiladi:

• Oqto`be, Oqtov, Mang`istov viloyatlarida 1 litr avtogaz 50 tanga

• Chimkent, Sharqiy Qozog`iston, G`arbiy Qozog`iston, Qizilo`rda va Turkiston viloyatlarida 60 tanga.

• Olmaotada 65 tanga;

• Ostona, Oqmola, Olmaota, Qo`stanoy, Pavlodar, Qarag`anda va Shimoliy Qozog`iston viloyatlarida 70 tanga

(1 AQSh dollari 436 tangaga teng)

- Olmaota, Oqtov va Oqto`be aeroportlari faoliyati to`xtatilgan; Air Astana aviaparvozlari internet tarmog`i uzilgani sababli, 7 yanvar soat 14:00 gacha to`xtatilgan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
13
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
08.01.2022 03:28
Кушнимиз тинч - биз тинч. Илохим уруш булмасин, тинчлик булсин.
06.01.2022 22:29
Tinchlik bòlsin.
06.01.2022 21:11
Оллохим кушни Козогистонга тинчликни берcин. УЗИ хаммани панохида асрасин.