Vatan uchun jon bergan yana 120 nafar millatparvarlarimiz oqlanishi kutilmoqda

05.01.2022 17:21

O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan Buxoro amiring amakisi, kuyovi va taniqli dodxohlarning oqlanishi kutilmoqda.

Turkiston eli mustaqilligi uchun jonini bergan millatparvarlarimizning yana 120 nafari oqlanishi mumkin. Sud joriy yilning 6 yanvar sanasida bo`lib o`tadi.

Bu haqida tarix fanlari bo`yicha falsafa doktori Bahrom Irzaev ma`lum qildi.

“Taniqli ulamo mufti Sadriddinxon Sharifxo`jaev, Mirzo Ibrohim miroxo`r Ismoilov rahbarligida 40 dan ortiq Buxoro amirining amakisi, kuyovi, taniqli dodxohlar, sobiq harbiylar, qozi va ulamolar, Muhammad Siddiq Mansurbekov (Sag`ir boyvachcha) kabi farg`onalik, Tog`ay Amin Safarov, Do`styor jivachi Mo`minov, Rahmatulla Bekbo`taev kabi qashqadaryolik bobolarimiz jami, 120 nafardan ortiq millat, din va Vatan erki yo`lida sovetlarga qarshi kurash boshlab, sho`ro qatag`oniga uchragan yurtdoshlarimiz ham oqlanmoqda. 

Ishonamanki, bu boradagi ishlarimiz yana davom etadi. Tez vaqtda yurt ozodligi uchun eng shimarib jangga kirgan va shu yo`lda jonini tikkan barcha vatandoshlarimizning eng so`nggi vakiligacha oqlanadi”, deydi Bahrom Irzaev.

Tarixchi Bahrom Irzaev bosmachi nomini olgan millatparvar ajdodlarimizning yaqinlari yoki ular haqida ma`lumotga ega kishilarni unga murojaat qilishlarini so`ramoqda.

Eslatib o`tamiz, o`tgan yilning 25 avgust sanasida O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan Nosirxonto`ra Kamolxonto`ra o`g`li va Ibrohimbek Laqaylardan boshlab 115 nafar vatandoshimiz oqlangan edi.

Ushbu sud jarayonlarini rost24.uz nashri onlayn kuzatib, axborot uzatib borgan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
06.01.2022 01:46
Ajdodlarimizni yaxshi nom bilan xotirlash kerak