2020 yilda O`zbekistonga qancha pul jo`natildi?

22.12.2020 05:34

Markaziy Osiyo davlatlariga yuboriladigan pul o`tkazmalari yil boshida 28 foizga pasayishi prognoz qilingan edi. Ammo yil oxirida bu pasayish 6 foizni tashkil etdi.

Shu yilning aprel oyida, koronavirus pandemiyasi butun dunyo bo`ylab ayni avjiga chiqqan bir paytda Jahon banki mehnat muhojirlari yuboradigan pul o`tkazmalari hajmining keskin kamayib ketishini prognoz qilgan edi. COVID-19 pandemiyasi va unga qarshi joriy qilingan qator cheklovlar hamda kutilgan global iqtisodiy resessiya buning asosiy sabablari sifatida ko`rsatilgandi. Xususan Markaziy Osiyo davlatlariga yuboriladigan pul o`tkazmalari hajmining deyarli 28 foizga pasayishi prognoz qilingan edi.

O`zbekistonga yuboriladigan pul o`tkazmalari hajmida ushbu pessimistik prognozlarning amalga oshmaganligi sentyabr oyida ayon bo`la boshladi. Markaziy bankning sentyabrda e`lon qilgan ma`lumotlari 2020 yilning I-yarmida jismoniy shaxslarning O`zbekistonga yuborgan pul o`tkazmalari hajmi o`tgan yilning mos davriga nisbatan 6 foizga kamayganini ko`rsatdi, deyiladi UzAnalytics bergan xabarda.

Markaziy bankning kuni-kecha e`lon qilgan hisobotida keltirilgan ma`lumotlarga ko`ra, joriy yilning 9 oyida jismoniy shaxslarning O`zbekistonga yuborgan pul o`tkazmalari hajmi o`tgan yilning mos davriga nisbatan atigi 4 foizga pasaygan.

2017-2020 yillarning 9 oyida jismoniy shaxslarning transchegaraviy pul o`tkazmalari dinamikasi va tarkibiy o`zgarishlar qisqacha tahlilini quyidagi infografikalarda kuzating:

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар