Surxonda portlagan binolarda "MAFIYa O`YINLARI"ning hidi kelmoqdami?

09.12.2021 13:28

Hukumat kommisiyasi safarbar etilgan xodisa taqdiri nima bo`ladi?

Asl voqea qanday bo`lgan?

Mazkur holat bo`yicha matbuot anjumani o`tkazildi. FVV matbuot xizmatining esa bundan xabari yo`q.

7 dekabr kuni soat 03:57da Denov shahri Mustaqillik ko`chasida joylashgan 2 qavatli “Indenim” savdo majmuasi binosida sodir bo`lgan portlash va yong`in oqibatida 2 nafar inson halok bo`lgani aytilgan edi. Portlash natijasida savdo majmuasi binosi devorlari qulab tushgan va yong`in chiqqan.

Rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, 9 nafar fuqaro tan jarohati olgan, ular shahar shifoxonasiga yotqizilgan, ulardan bir nafarining ahvoli hamon og`irligicha qolayotgani aytilgan.

Hodisa joyiga Bosh vazirning birinchi o`rinbosari A.Ramatov boshchiligidagi Hukumat komissiyasi safarbar etilgan.

Hukumat komissiyasi tarkibiga IIV, FVV, Milliy Gvardiya, Sog`liqni saqlash vazirligi va boshqa idora vakillari kiritilgan.

Mahalliy aholi ma`lumotiga ko`ra, bu bino ilgari “Yubileyniy” savdo markazi bo`lib, aslida u sobiq MXX tergovchisi Nodir To`raqulovning qudasi “Erkin xolodilnik” laqabi bilan mashhur bo`lgan Erkin Norqobilovga tegishli bo`lgan.

Nodir To`raqulov qamalganidan keyin uning qudasi ham jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bino esa zararni qoplash uchun Davlat aktivlari balansiga o`tkazilgan.

2018-2019 yillarda ilgari Erkin Norqobilovning qo`lida hisobchi bo`lib ishlagan Ulug`bek Xurramov ushbu binoni ijara asosida ishlatib kelgan. So`ng binoni "Indenim" savdo markazi uchun olishga harakatlar boshlanadi, joy auksionda sotuvga emas, ijaraga chiqadi. Bir yillik ijara narxi auksionda 30 milliard so`mga chiqib ketadi. Keyinchalik esa bino Davlat aktivlarini boshqarish agentligidan Surxondaryo viloyat hokimiyati balansiga o`tadi.

Daryo.uz sayti ma`lumotiga ko`ra, 7 dekabr kuni yuz bergan portlashda jarohat olganlar hech qanday gaz hidini sezishmagan. FVV ham gazdan zaharlanganlar haqida hech qanday ma`lumot bermagan. Suratlarga ko`ra portlash hududi juda katta, yon-atrofdagi binolarga ham zarar etgan.

Ijtimoiy tarmoqlarning ayrim sahifalarida bu portlashga joy talashayotgan ikki guruhning o`zaro nizolari sabab bo`ldi, degan ma`lumotlar ham tarqaldi. Guruhlarning o`zaro nizosidan viloyat hokimi To`ra Bobolovning ham xabari borligi aytiladi.

Ushbu voqea yuzasidan Surxondaryo viloyatida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi To`ra Bobolov, mahalliy OAV xodimlari va blogerlar ishtirok etdi. Anjumanda atroflicha voqea haqida ma`lumotlar berilgan.

"Ikki qavatli «Indenim» savdo majmuasida yuz bergan chaqnash oqibatida binoning devorlari qulab tushgan", – dedi viloyat rahbari. – Shuningdek, 65 ta tadbirkorlik sub`ekti binosi va xonadonga engil zarar etgan. Derazalar oynalari singan. Oltita xonadon devorlarida yoriqlar paydo bo`lgan. Lekin ijtimoiy tarmoqlarda Mustaqillik va Sharof Rashidov ko`chalarini kengaytirgan holda obodonlashtirish uchun buzilayotgan uy-joylar surati joylashtirilib, mazkur hodisaga bog`langan izohlarni ham ko`rayapmiz. Bu haqiqatga zid bo`lib, birgina Sharof Rashidov nomli ko`chada buzilishga tushgan imoratlar uchun 27,5 milliard so`m mablag` to`lab berilgan. Ayni paytda bu fuqarolar mulklarini o`zlari buzib olmoqda. Bunday noxolis ma`lumotlarni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirib, xalqni chalg`itmaslik kerak. Zarar ko`rganlarning vaqtincha yashashi uchun 24 ta xonadon hozirlandi. Xonadoni ta`mirlangunicha ko`chishib turishi lozim, deb topilgan etti oila ko`chirildi. Ularning yashashi uchun ijara haqini tuman hokimligi to`lab beradi".

Matbuot anjumani ohirida holat yuzasidan tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgani aytib o`tildi. Tajribali ekspertlar guruhi ish olib bormoqda.

Rost24.uz sayti matbuot anjumani bo`lishidan oldin FVV matbuot xizmati bilan bog`langanda, ular anjuman bo`lishidan bexabar ekanligini aytishdi. Bosh vazirning birinchi o`rinbosari A.Ramatov boshchiligidagi Hukumat komissiyasi tarkibiga kiritilgan vazirlik barcha tafsilot va bo`ladigan matbuot anjumanidan xabardor bo`lishi kerak emasmi, aslida?

*****

Mavzuga oid maqola:

Denovdagi portlashdan keyingi manzara

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
15
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
12.12.2021 00:19
Ğalamis insonlar bor ekan ,rivojlanish hech qachon bòlmaydi, shahar endi gòzallashib borayotgan bir paytda bunaqangi terrakni amalga oshirganlarni topish kerak.Agar qonun ustivor bòlsa yaxshigina jazosini olish kerak
09.12.2021 18:54
Ajoyib