Andijonda o`tgan “Yil ayoli” tanlovining viloyat bosqichida viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonovning qarindoshi ekanligi aytilayotgan “Alsaeda” o`quv markazi rahbari Gavharoy Hasanova 1-o`ringa munosib ko`rildi.
Abdurahmonovga qarindoshligi aytilgan ayol Gavharoy Hasanova endi “Yil ayoli” tanlovining Respublika bosqichiga yo`l oldi.
Bu Shuhrat Abdurahmonovning Gavharoy Hasanovani ilk bor qo`llashi emas.
2020 yilda Andijon viloyat hokimligi shu yolga tegishli bo`lgan "ALSAEADA" MChJdan bir donasi 760 ming so`mdan "Andijon mehr maskani" nomli kitob sotib olgan. Hokimiyat "ALSAEADA" MChJga 290 ta kitob uchun 220 million 400 ming so`m o`tkazib bergan.
Viloyat hokimiga qarindosh bo`lgan Gavharoy Hasonovaning bu ikki omadli vaziyatini mutlaqo tasodif ekanligiga ishonishga harakat qilamiz.