Kosonsoylik 15 yoshli ikki qiz jonli ijro orqali hammani hayratda qoldirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali qo`shiqlarini jonli ijroda aytib chiqqan ikki qiz butun internet foydalanuvchilarini o`ziga maftun qildi. Ammo ularning kimligi va qaerdan ekani so`roq ostida edi. Bugun ana shu savollarga Rost24.uz axborot sayti javob axtardi.
Madina Yusupjonova Namangan viloyati Kosonsoy tumani Rovot qishlog`ida yashaydi. Shu erdagi 22 maktabning 8 sinf o`quvchisi.
Isaeva Nurzida Namangan viloyati Kosonsoy tumani Obod qishlog`ida yashaydi. Shu erdagi 45-maktab maxsus internatining 8 sinfida tahsil oladi.
Ular san`at bo`yicha esa ta`limni 4-sonli bolalar musiqa va san`at maktabida olishadi. O`qituvchisi Arslonbek Saxadullaev. O`qituvchisining aytishiga qaraganda bu ikki qiz Respublika ko`rik tanlovlarida ham qatnashgan. Xususan, Madina Yusupjonova "Kamalak yulduzlari" tanlovi laureati bo`lgan hamda Muhiddin Qoryoqubov Respublika ko`rik tanlovining sertifikatini ham qo`lgan kiritgan. Isaeva Nurzida ham "Kamalak yulduzlari" tanlovida qatnashgan va Rossiya onlayn tanlovida ham g`alaba qozongan.
Shuncha tanlovlarda qatnashgan iste`dodlarni nega hamon hech kim deyarli tanimaydi? Ularga e`tibor berildimi, yoki...?
O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova ham o`z sahifasida bu ikki qizning iste`dodiga lol qolganini aytib o`tdi.
Bu ikki qizni iste`dodiga shak-shubha yo`q...
Qo`shiq ijrosi ➡️ https://t.me/rost_24uz/3576
O`xshash maqolalar: Qo`shiqni harom deb san`atni tark etayotgan mashhurlarga Ozodbek Nazarbekov munosabat bildirdi