Arzon narxdagi benzinni sun`iy ravishda annulyasiya qilish alomatlari aniqlangani ma`lum qilindi.
Bu haqda AOKAda bo`lgan matbuot anjumanida Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi raisi o`rinbosari Farrux Karabaev ma`lum qildi.
Unda ma`lum qilinishicha, 10-15 kunda benzin narxi o`zgarishi kutilmoqda.
“Qaerda bozor mexanizmlari asosida tabiiy o`sishga erishilgan bo`lsa, biz unga ta`sir ko`rsata olmaymiz. Lekin sun`iy ravishda yuzaga keltirilgan, kelishib qilingan, manipulyasiya harakatlariga ta`sir ko`rsatish mumkin. Benzin narxi oshishida ham manipulyasiya holatlari, arzon narxdagi benzinni sun`iy ravishda annulyasiya qilish alomatlari aniqlandi.
Benzin narxini barqarorlashtirish, tushirish bo`yicha harakatlar davom etyapti, bu vaqt talab qiladigan masala. Lekin yaqin kunlarda narxlarda o`zgarish bo`ladi”, - dedi Karabaev.
Hozirda bozorni to`yintirish, arzon narxlar asosida kichik xaridorlarga imkoniyat berish masalasiga e`tibor qaratilayotgani aytildi.