OB-HAVO: Bugun, 17 noyabr O`zbekiston bo`ylab qor yog`adi

17.11.2021 06:53

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 17 noyabr kuni Toshkentda yog`ayotgan yomg`ir qorga aylanishi mumkin. Sharqdan  sekundiga 5-10  metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi sekundiga   12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 3-5 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda qor yog`adi. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba`zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha  kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, Ustyurtda kechasi  10-12, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda qor yog`adi. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12  metr tezlikda esadi. Ba`zi  joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha  kuchayishi, bu kuchayish qum bo`ronlari bilan birga  sekundiga 23-28 metrgacha tezlashishi  mumkin. Havo harorati kechasi  va kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.*

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`ladi (yog`ayotgan yomg`ir, qorga aylanadi). G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12  metr tezlikda esadi. Ba`zi  joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha  kuchayishi, bu kuchayish qum bo`ronlari bilan birga  sekundiga 23-28 metrgacha tezlashishi  mumkin. Havo harorati kechasi  va kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`ladi (yog`ayotgan yomg`ir ayrim joylarda qorga aylanadi). G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12  metr tezlikda esadi. Ba`zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha  kuchayishi, bu kuchayish qum bo`ronlari bilan birga  sekundiga 23-28 metrgacha tezlashishi  mumkin. Havo harorati kechasi va  kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechqurun yog`ingarchilik bo`ladi (yog`ayotgan yomg`ir qorga aylanadi). G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12  metr tezlikda esadi. Ba`zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha  kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, qor yog`adi, ayrim  joylarda tuman tushishi mumkin. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12  metr tezlikda esadi. Ba`zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha  kuchayishi, bu kuchayish sekundiga 23-28 metrgacha tezlashishi  mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi  2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo`ladi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар