«O`zgidromet»: Hafta boshida havo keskin sovib, qor yog`adi

14.11.2021 15:00

Respublika Gidrometeorologiya markazi hafta boshida harorat keskin sovib, qor yog`ishidan ogohlantirdi.

Ma`lum qilinishicha, 16 noyabr kuni O`zbekistonning shimoliy hududlariga, 17-18 noyabr kunlari respublikaning barcha hududiga Volga bo`yi orqali Rossiyaning Evropa hududi (Moskva viloyati) ustida shakllangan nam va sovuq havo massasi kirib keladi.

16-17 noyabrda respublika bo`yicha shamol tezligi 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda. Ba`zida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Ayrim hududlarda changli bo`ron bo`ladi.

16 noyabrda Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida, 17 noyabrda O`zbekistonning qolgan hududlarida yog`ingarchilik (yomg`ir, qorga aylanadi) bo`ladi, 17-18 noyabrda tog`oldi va tog`li hududlarning ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) kuchli bo`ladi.

Respublika bo`yicha harorat keskin pasayishi kutilmoqda. 16-17 noyabrda shimolda, 17-18 noyabrda O`zbekistonning qolgan hududlarida harorat kechalari 5-8 darajagacha, kunduz kunlari esa 0-3 darajagacha sovuq, shimolda kechalari 12-15 darajagacha, kunduz kunlari 0-3 darajagacha havo harorati pasayadi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар