O`zbekistonda atmosferaga chiqarilayotgan zararli moddalarning 50 foizi Toshkent viloyatiga tegishli

02.11.2021 09:59

Toshkent viloyati havoni zararlayotgan hudud sifatida birinchi o`rinda.

Ekologlar xulosasiga ko`ra, 2020 yilda O`zbekistonda atmosferaga jami 924 ming tonna zararli moddalar chiqarilgan.

Ekologik jihatdan eng ko`p zarar ko`rgan viloyatlar Toshkent va Qashqadaryo bo`ldi. Ushbu hududlarda havoni ifloslantiruvchi moddalarning 60 foizi atmosferaga chiqarilgan.

Eng ekologik toza viloyatlar esa – Xorazm, Surxondaryo va Jizzax bo`lgan.

Raqamlarning bunday keskin farq qilishi viloyatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga ham bog`liq. Toshkent viloyatida, an`anaviy ravishda ishlab chiqarish korxonalari ko`p, shuning uchun ham bu erda zararli moddalar atmosferaga ko`p chiqariladi.

Atmosferaga chiqarilgan zararli moddalar miqdori viloyatlar bo`yicha:

- Toshkent viloyati - 430 ming tonna;

- Qashqadaryo viloyati - 128,1 ming tonna;

- Sirdaryo viloyati - 71,8 ming tonna;

- Samarqand viloyati - 52,7 ming tonna;

- Farg`ona viloyati - 50,5 ming tonna;

- Navoiy viloyati - 48,4 ming tonna;

- Buxoro viloyati - 37,1 ming tonna;

- Toshkent shahar - 33,7 ming tonna;

- Qoraqalpog`iston Respublikasi - 28,9 ming tonna;

- Namangan viloyati - 15 ming tonna;

- Andijon viloyati - 11,5 ming tonna;

- Xorazm viloyati - 6,8 ming tonna;

- Surxondaryo viloyati - 6,5 ming tonna;

- Jizzax viloyati - 3,4 ming tonna.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
02.11.2021 15:37
Axir Toshkent va Qashqadaryo iqtisodiyotimiz drayverlari. Ma'lumki kambag'aldan "otxod" kam chiqadi, bu ro'yxatdan ham ko'rinib turibdi