"Xalqaro “Media-xoll” xorijiy va mahalliy OAV uchun yangi media makon vazifasini bajaradi"

15.10.2021 21:04

O`zbekiston Elektron Ommaviy axborot vositalari milliy assosasiyasi boshqaruv raisi Firdavs Abduholiqov tashkil etilgan “Media xoll” haqida quyidagilarni so`zlab berdi:

"14 oktyabr kuni O`zbekiston Elektron Ommaviy Axborot Vositalari Milliy Assosiasiyasining “Yangi O`zbekiston — yangi nigoh”dasturi asosida tashkil etilgan xalqaro media-xollning tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Ta`kidlash joizki, ushbu Media-xoll 2021 yilning 24-oktyabrida mamlakatimizda bo`ladigan muhim siyosiy voqea. O`zbekiston prezidenti saylovini nodavlat va davlat ommaviy axborot vositalari, teleradiokanallarda, veb saytlar hamda blogerlarning ijtimoiy tarmoqlarida yoritilishi uchun muhim manba bo`lib xizmat qiladi.

Media-xollni tashkil qilishdan asosiy maqsad ham aynan saylov jarayonlari haqida xalqimiz va dunyo hamjamiyatini muntazam ravishda, tezkor va xolisona xabardor etib borishdan iborat. Mamlakatimizning tarix sahifalariga muhrlanadigan ushbu siyosiy tadbirni tashkil etish uchun O`zEOAVMA hamda “Yuksalish” umummilliy harakati, O`zbekiston Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikdagi Media-xoll tadbirlar dasturini ishlab chiqdi. Ushbu Media-xollda saylov jarayonlarini keng yoritish bilan bog`liq tadbirlar, xususan vazirlik idoralari rahbarlari, ekspertlar ishtirokida ochiq muloqotlar, davra suhbatlari tashkil qilinmoqda. Bu jarayonlar bevosita jurnalistlarimiz uchun jamiyatimizdagi yangilanish jarayonlarini yanada shaffof, tezkor va batafsil yoritishlarida asosiy omil bo`ladi. Eng muhimi, Media-xolda mahalliy va saylovni kuzatish uchun xorijdan tashrif buyurgan xalqaro ommaviy axborot vositalari vakillari uchun ham barcha shart-sharoitlar yaratildi.

Bundan tashqari, Media-xoll dasturidan madaniy tadbirlarga ham keng o`rin ajratilgan. Jumladan, har kuni milliy badiiy va hujjatli filmlarning taqdimotlari, O`zbekiston madaniy merosini noyob yodgorliklari tadqiqotlariga bag`ishlangan kitoblar ko`rgazmalari, konsert dasturlari namoyishi ham bo`lib o`tadi.

Albatta, barchamiz yangi O`zbekiston kelajagini hal etadigan muhim siyosiy jarayon – Prezidentlik saylovi tadbiri ko`tarinki ruhda, yuqori saviyada o`tishini istaymiz. Buning uchun esa, eng avvalo, yoshlarimiz kuch-g`ayratimizni, imkoniyatlarimizni ishga solishimiz lozim. Bu borada xalqaro Media-xollda barcha sharoitlar yaratilgan."

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар