“Tolibon” qonuniy hukumatini shakllantirish uchun qachon saylov o`tkazishini ma`lum qildi

15.09.2021 14:20

Tolibon” harakati Afg`onistonning qonuniy hukumatini shakllantirish uchun olti oydan keyin saylov o`tkazmoqchi. Bu haqda “The Khaama Press” xabar bergan.

Ta`kidlanishicha, Afg`onistonning doimiy hukumati, rasmiy kabinet saylov natijalari asosida tuziladi.

Mamlakatning hozirgi hokimiyati yarim yildan keyin saylov o`tkazadi. Ungacha esa “Tolibon”ning o`tish davri hukumati ishlaydi.

Manbaga ko`ra, harakat tashkil etgan o`tish davri hukumati qarama-qarshiliklarga duch kelgan. Aholining bir qismi “Tolibon” hokimiyatni monopollashtirdi, deb ishonadi. Hukumat a`zolarining barchasi “Tolibon” rasmiylari va ular orasida birorta ham ayol yo`q. Jamoatchilik fikricha, bu “Tolibon”ning inklyuziv boshqaruv tuzish haqidagi va`dalariga to`g`ri kelmaydi.

Shuningdek, Afg`oniston parlamenti quyi palatasi bosh kotibi Abdul Qodir Zazay Vatandost “Tolibon” muvaqqat hukumati ikki yilgacha shu shaklda va sharoitda ishlashi mumkinligini aytgan.

Shundan so`ng, agar harakat saylovlar uning pozisiyalariga zarar etkazmasligiga va ta`sir doirasining qisqarishi jihatidan katta xavf tug`dirmasa, "Tolibon" saylov o`tkazishi mumkin.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар