O`zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovning 2021 yilning boshida vaksina olgani tasdiqlanmadi

01.08.2021 15:52

Bosh vazir axborot xizmati xodimi ma`lumot berishda adashmadimi?

O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ZF-UZ-VAC-2001 o`zbek-xitoy vaksinasi bilan joriy yilning boshida birinchilardan bo`lib emlangani haqida Bosh vazir matbuot xizmati xodimi daryo.uz va kun.uz ga tasdiqlab ma`lumot bergan edi.

Rost24.uz axborot sayti muxbiri Bosh vazir A.Aripovning yil boshida vaksina bilan to`liq emlangani borasidagi ushbu ma`lumotlarni o`rgandi.

Ma`lumki, joriy yilning boshida ZF-UZ-VAC-2001 o`zbek-xitoy vaksinasi rasman tasdiqlanmagan va faqat ko`ngillilarga qilinayotgan edi. Ushbu vaksina rasman 2021 yil 1 mart sanasida O`zbekistonda ro`yxatga olindi. 1 apreldan boshlab aholini ommaviy emlash jarayoni boshlandi.

Xo`sh, mart oyida ruxsat berilgan, aprelda ommaviy emlash boshlangan bo`lsa, yil boshidan bu vaksina bilan to`liq qanday emalanib ulgurish mumkin, degan haqli savol tug`iladi.

Vaksina tasdiqlangan sanadan hisoblangan taqdirda ham bosh vazir yil boshidayoq to`liq uch bosqichdan iborat emlash jarayonidan o`tib ulgirmagan bo`lar edi. Har bir vaksina oralig`i taxminan 20 kun bo`lishi kerak. Demak, Bosh vazir Abdulla Aripov ko`ngillilar safida koronavirusga qarshi emlanganmidi?

rost24.uz sayti muxbiri Bosh vazirning 2021 yil boshida to`liq o`zbek-xitoy vaksinasi bilan emlanib bo`lgani haqidagi xabarga shubha bilan qarab Aripovning matbuot xizmati xodimi Bekzod Hidoyatovga murojaat qildi. B.Hidoyatovning rost24.uz muxbiriga ma`lum qilishicha, Bosh vazir Abdulla Aripov ZF-UZ-VAC-2001 o`zbek-xitoy vaksinasini ko`ngillilar safida olmagan. U vaksina rasman tasdiqdan o`tgachgina birinchilardan bo`lib emlangan. Yana Hidoyatovning aytishicha, u yilning boshida deganda, yilning birinchi 3 oyini nazarda tutganini bildirdi.

Demak berilayotgan ma`lumotlar zanjiriga e`tibor qaratsak, Abdulla Aripov 1 mart sanasidan so`ng ZF-UZ-VAC-2001 o`zbek-xitoy vaksinasi bilan emlangan. Shunda uch bosqichli emlash jarayonlarining tugashi joriy yilning may oylariga to`g`ri kelmoqda. Bekzod Hidoyatovning aytishicha, emlanuvchi vaksinani yaxshi ko`tarsa emlash oralig`i 20 kundan ham qisqartirilishi mumkin ekan. Biroq, emlash oralig`i 20 kundan qisqartirilsa-da, Aripovning to`liq koronavirusga qarshi emlanib bo`lish sanasi yilning boshiga to`g`ri kelmayapti.

Mas`ul idoralarimizning mas`ul vakillari ma`lumotlarni jamoatchilikka etkazayotganda mas`uliyatni his qilgan holda tarqatsalar, turli savol va anglashilmovchiliklarga ehtiyoj qolmas edi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
13
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
14.09.2021 23:40
Бош вазир узбек-хитой вакцинасини 2020 декабрида юртимизда 3 - клиник синовлари бошланиасдан олдин биринчи ва иккинчи дозасини кабул килиб, ножуя таъсирлари йуклигига ишонч хосил килганларидан кейин синов-тадкикотларга рухсат берганлар. Жумладан, Инновацион ривожланиш вазири ва унинг уринбосарлари хам синовдан олдин оила аъзолари билан эмлангаглар! 2021 йилнинг бошида Бош вазир вакцина билан тула эмланган эдилар.
10.08.2021 12:09
"РОСТ"ми
08.08.2021 18:31
Hauron qolish kk emas, agar matbuot kotibi haqiqiy, jonkuyar, kuchli, bilimli mutaxassis bulganida u joyda ishlamasdi, ishga olinmasdi
07.08.2021 14:51
Демак ёлғончининг навбатдаги ёлғони экан-да!??