"Noqonuniy foydalanilgan 3,5 gektar er maydoni davlat zaxirasiga qaytariladi"

05.08.2021 14:28

Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tanqidiy maqolaga munosabat bildirdi.

Rost24.uz axborot saytida “Tadbirkorlar” tabiatning tabiiy o`zanlariga ham tahdid qilmoqda" nomli tanqidiy maqola e`lon qilingan edi. Ushbu maqolada ko`tarilgan muammoni Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi zudlik bilan o`rganib chiqib rasmiy munosabat bildirdi:

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarda Toshkent viloyati Zangiota tumani hududida katta maydonda noqonuniy chiqindixona barpo etilganligi hamda turli xildagi maishiy va qurilish chiqindilari to`planib yoqib yuborilganligi ta`kidlangan.

Holat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi va Zangiota tumani Ekologiya inspeksiyasi xodimlari tomonidan joyiga chiqib o`rganilganda “Ulug`bek” MFY hududida yashovchi fuqaro A.O. ga tegishli bo`lgan er maydoniga noqonuniy ravishda qurilish va maishiy chiqindilarni joylashtirib yoqib yuborilganligi, yong`in natijasida hududdagi daraxtlarga zarar etkazilganligi ma`lum bo`ldi. Shuningdek, Zangiota tuman inspeksiyasi inspektorlari tomonidan shu hududga chiqindi joylashtirgan fuqarolarga nisbatan takroriy ma`muriy chora ko`rilishiga qaramasdan chiqindi tashlash holatlari takrorlanib yong`in yuzaga kelib qisman yong`inni o`chirish va ko`mish ishlari amalga oshirilgan.

Fuqaro A.O. Zangiota tuman inspeksiyasi xodimlari tomonidan berilgan ko`rsatmalarga rioya etmasdan, bo`ysunmasdan hududdan maqsadsiz foydalanib chiqindi tashlash holatlarini takrorlanayotganligini inobatga olib ushbu 3,5 gektar er maydonini qonunda belgilangan tartibda davlat zaxirasiga qaytarish, va qonuniy chora ko`rish maqsadida holat yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar tuman prokuraturasiga taqdim etildi.

Bundan tashqari postda ko`rsatilgani kabi Bo`zsuv kanaliga chiqindilar oqizilishi holati qayd etilmadi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар