Yurtimizda 24 oktyabr kuni bo`ladigan Prezident sayloviga targ`ibot va tashviqot ishlari boshlandi.
Bizga nafaqat o`zbekistonlik fuqarolarning saylov jarayonlariga qarashi, balki xorijiy davlatlarining ham bu saylovga nigohi, nimani kutayotgani qiziq, albatta.
Shu sababli Rost24.uz muxbiri AQShning O`zbekistondagi elchisi Daniel Rozenblyumdan yurtimizdagi saylov jarayonlaridan AQSh hukumati nima kutayotganini so`radi.
AQSh elchisi Daniel Rozenblyum:
“Amerika Qo`shma Shtatlari butun dunyodagi kabi O`zbekistonda ham bunday saylovlarning erkin, adolatli va ochiq tarzda o`tishiga katta qiziqish bildiradi. Biz O`zbekistondagi saylovlarni demokratik prinsiplarga asosan o`tishi tarafdorimiz. Biz «Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti» kuzatuvchi missiyasini qo`llab-quvvatlaymiz. Aksar hollarda Amerika vakillari ham ushbu kuzatuv missiyasini a`zosi sifatida saylovlarini kuzatishga borishadi. Biz «Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti»ning kuzatuv missiyasining chiqargan yakuniy xulosalarini to`la qo`llab-quvvatlaymiz. Shu bois ushbu saylovlar bo`lib o`tgandan keyin mazkur tashkilotning xulosalarini intiqlik bilan kutib qolamiz».