Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Toshkent viloyati hokimligi faoliyatida 1 yil ichida 111 ta korrupsion xatarlar aniqlangan.
Mazkur ma`lumot Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi hisobotida keltirilmoqda.
Aniqlangan 111 ta korrupsion xatarning 96 tasi (86 foiz) yuqori, 14 tasi (13 foiz) o`rta va 1 tasi past darajadagi korrupsion xatarlardir.
Toshkent viloyatidagi korrupsion xatarlar quyida ko`rsatilgan tizimlarda qayd etilgan:
- qurilish sohasida davlat buyurtmasini tanlov asosida joylashtirish va uning bajarilishini nazorat qilish funksiyasi;
- hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- erlarni tanlash, ajratish va xususiylashtirish;
- investisiya loyihalarini muvofiqlashtirish va majburiyatlarning bajarilishini nazorat qilish;
- davlat mulkini xususiylashtirish, eksport dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- kadrlar zaxirasini shakllantirish, kadrlarni tanlash va ishga joylashtirish;
Eslatib o`tamiz: Toshkent viloyati hokimligida korrupsion xatarlar aniqlangan vaqt Davron Xidoyatov hamda Rustam Xolmatovlar hokimlik qilgan davrlarga to`g`ri keladi.