O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi media-xollida “O`zbekiston mustaqilligi 30 yilligi – nodavlat elektron media nigohida” mavzusida konferensiya o`tkazildi.
Unda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbari o`rinbosari - Matbuot kotibi Sherzod Asadov, O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari Aziz Abduhakimov, NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo`llab-quvvatlash jamoat fondining mablag`larini boshqarish bo`yicha Parlament komissiyasi raisi Adxam Shodmonov, O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov va boshqalar ishtirok etdi.
Tadbir doirasida O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi media-maydoni – “Media-xoll NAESMI” ham foydalanishga topshirildi. Ushbu media-xollda turli vazirliklar va idoralar rahbarlari ishtirokida ochiq muloqotlar, tok-shoular, debatlar, uchrashuvlar o`tkazilishi, yangi-yangi loyihalar amalga oshirilishi belgilangan.