Shavkat Mirziyoev Xo`jand xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi

11.06.2021 13:02

Ӯzbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Shavkat Mirziyoev Tojikiston Respublikasiga bӯlgan davlat tashrifi davomida 11 iyun kuni So`g`d viloyatining qadimiy Xujand shahriga tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmonni Tinchlik va milliy birlik asoschisi-Millat peshvosi, Tojikiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Emomali Rahmon, So`g`d viloyati rahbariyati va jamoatchilik vakillari qӯshnichilik, dӯstlik va mehr-muhabbat an`analariga rioya qilgan holda qizg`in va samimiy kutib oldilar.

Ikki davlat rahbarlari — Millat peshvosi, Tojikiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Emomali Rahmon va Ӯzbekiston Respublikasi Prezidenti hurmatli Shavkat Mirziyoevning siyosiy irodasi Tojikiston — Ӯzbekiston munosabatlarida yangi bosqichni boshlab berdi.

2018 yili Tojikiston va Ӯzbekiston ӯrtasidagi chegara postlari ochildi. Ikki tomonlama muloqot va muzokaralar, har ikki davlat boshliqlarining rasmiy safarlari, dӯst va birodar mamlakatlar ӯrtasida strategik sheriklik tӯg`risidagi bitimlarning imzolanishi, fuqarolarning erkin bordi-keldisi ta`minlanishi savdo-iqtisodiy, gumanitar va ilmiy-madaniy hamkorliklarni mustahkamlashga zamin yaratdi.

Davlatlararo bitimlar doirasida ikki mamlakat viloyatlarining turli sohalarni qamrab olgan mintaqaviy aloqalari rivojlanib bormoqda.

Ikki davlat rahbarlari-Tojikiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Emomali Rahmon va Ӯzbekiston Respublikasi Prezidenti hurmatli Shavkat Mirziyoev ushbu safar chog`ida sanoat korxonalari, energetik inshootlar, So`g`d viloyatidagi tarixiy-madaniy ob`ektlarni kӯzdan kechiradilar hamda sanoat, tijorat va tadbirkorlik doiralari vakillari, ilm, madaniyat ahli va ziyolilar bilan muloqot qiladilar.

Zuxriddin Umarov, 
Tojikistondan Rost24.uz uchun maxsus

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар