Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlarining murojaatiga Senat munosabat bildirdi

26.05.2021 21:11

Internet nashrlari hamda ijtimoiy tarmoqlarda xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining bir qator deputatlari tomonidan murojaat yo`llanib, unda 2021 yil 17 may kuni bo`lib o`tgan sessiyada deputat Shuxrat Karimovning daxlsizlik huquqidan mahrum qilish to`g`risida qabul qilingan qaror noqonuniyligi bildirilgan.

Avvalroq mazkur holat Senatning Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatiga ko`maklashuvchi komissiyasi (Maxsus komissiya) tomonidan nazoratga olinib, o`rganish ishlari olib borilayotganligi bo`yicha xabar berilgan edi.

Ta`kidlash joizki, ijtimoiy tarmoqlarda e`lon qilingan har bir masala puxta va sinchkovlik bilan qonunchilikka tayangan holda o`rganish talab etiladi. Shu bois masalaga huquqiy echim topish va adolatli qaror chiqarish maqsadida ayni paytda Maxsus komissiya tomonidan o`rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Tez kunlarda ushbu o`rganish natijalari yuzasidan jamoatchilikka batafsil ma`lumot beriladi.

Murojaatda keltirib o`tilgan vajlar o`z tasdig`ini topgan taqdirda, qonunchilikka zid ravishda qabul qilingan qaror Senat tomonidan o`rnatilgan tartibda bekor qilinishi ta`minlanadi, deyiladi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining bildirgan munosabatida.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
27.05.2021 16:16
Hhh