Toshkentdagi reklama bannerlari shafqatsizlarcha buzilishda davom etmoqda

26.05.2021 14:19

Shu kungacha 700 dan ortiq reklama taxtalari buzildi. Ular qatorida “Humo Media” agentligi ham 20 ga yaqin reklama bannerlarini yo`qotdi.

Hozir Shota Rustaveli va Yangi Sergeli ko`chalarida reklama bannerlarni buzish davom etmoqda. Agar ular tagidagi boltlaridan kesishsa reklama taxtasini omborga olib borish mumkin. Ammo ekskavatorlar bilan shafqatsizlarcha buzib tashlansa, tadbirkorlarga katta zarba bo`lmoqda. Ular hatto qonuniy hujjatlari va pasportlari bilan ham buzishni to`xtata olishmayapti. 

Achinarlisi, buzuvchilarning o`zlari hech qanday hujjat ham taqdim qilishgani yo`q. 

Reklama qurilmalari tadbirkorlarning shaxsiy mulki hisoblanadi. Agar biz “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to`g`risida”gi qonunga murojaat qilsak, unda reklama taxtalarini demontaj qilish natijasida etkazilgan zarar qoplanishi kerak. Ammo, yuqoridagi noma`lum shaxslarning buyrug`ini bajaradiganlar tadbirkorlar oldida o`z harakatlarini oqlay olmas ekan, etkazilgan zarar uchun tovon puli haqida umuman gapirmasak ham bo`ladi. 

Ammo buzuvchilar o`zlarini oqlash uchun turli bahonalarni topishga urinishmoqda. Tadbirkorlar barcha zarur hujjatlarni taqdim etgandan so`ng ular LED yoritgichli ekranlarini o`rnatish to`g`risidagi farmon talablari bajarilmaganligini ro`kach qilishmoqda. “LED –displeyini” ma`lum bir ko`chalardan tashqari boshqa joylargan o`rnatish talab qilinmaydi. 

“Ichki ishlar xodimlari bu holatga hech qanday munosabat bildirmadi. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bergan arizangizni qabul qilmaydi. Chaqirsangiz reklama bannerlarini buzish bilan bog`liqligini bilganlaridan so`ng jamoat tartibini buzganlikda ayblab o`zingizni olib ketadi. Men buzish harakatlarini baholash so`rovi bilan Bosh prokuraturaga murojaat qildim. Men javob kutmoqdaman. Keyingi instansiya, agar ijobiy javob bo`lmasa, sud bo`ladi”, dedi “Humo Media” agentligi direktori Saveliy Sokololov.

Reklama kompaniyalarining egalari o`z mulklari uchun va muammoni ijobiy hal qilish uchun kurashmoqda. Yaqinda reklama taxtalari orqali tadbirkorlar davlatimiz rahbariga Toshkentdagi reklama inshootlarini noqonuniy buzishni to`xtatish to`g`risida iltimos bilan murojaat qilishdi. Biroq, tez orada barcha 15 ta sariq bannerlar olib tashlandi. Shundan keyin taxtalarning o`zi ham buzib tashlandi. Sokolkolov bu harakatni “jazolash operasiyasi” deb atadi.

Eslatib o`tamiz, joriy yilning 8 aprelidan boshlab Toshkentda reklama taxtalari ommaviy ravishda buzilishi boshlandi. Tashqi reklama ob`ektlari uchun pasportlarni o`rnatishga va o`zgartirishga moratoriy e`lon qilinganidan keyingi kun qurilmalar kesila boshladi. Moratoriy inventarizasiya qilish va yagona elektron registrni shakllantirish uchun zarur edi va mavjud reklama uchun qo`llanilmasligi kerak.

Monopoliyaga qarshi qo`mita poytaxtdagi barcha tashqi reklamalarining 50 foizi noqonuniy ravishda o`rnatilgani va belgilangan talablarga javob bermasligini aytdi. Biroq, reklama kompaniyalari egalarining so`zlariga ko`ra, qonuniy ravishda o`rnatilgan inshootlar ham buzilgan, buzilishda davom etmoqda.

Shartnomalarni bekor qilish va buyurtmachilarga pulni qaytarish – tadbirkor uchun katta yo`qotish bo`lmoqda.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар