Toshkent “Besh Tashabbus” festivali doirasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari – Rasul Kusherbaev, Doniyor G`aniev hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o`rinbosari Odiljon Tojiev bilan yoshlar va OAV hodimlari uchun ochiq muloqot o`tkazildi.
Unda ta`lim sohasida ishlovchi yoshlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan «Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta`minlashda qo`llab-quvvatlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi qarori ( 250- 753- 521-) 2021 yil uchun bekor bo`layotgani, bu bo`yicha respublika miqyosida ikki mingdan ortiq yoshlarning nomzodi qo`yilgani, ularning umidi puchga chiqayotgani bo`yicha deputatlardan izoh so`radi. Yoshlar ushbu mavzu bo`yicha bir oy oldin Oliy Majlisga murojaat yo`llashgan.
“Bu qarorning bekor bo`layotganidan bizning xabarimiz yo`q ekan. Bu masalani ko`taramiz. To`g`risi, mening xabarim yo`q ekan. Masalani ichidan bilaman, chunki ijrochi bo`lganmiz, komissiyaning rahbari bo`lganmiz. Bu masalani o`rganib chiqamiz», dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o`rinbosari Odiljon Tojiev.