Surxondaryoda onalar va bolalar o`limi ko`paygan

23.05.2021 09:11

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi majlisi bo`lib o`tdi. 

Unda “Fuqarolar sog`lig`ini saqlash to`g`risida”gi hamda “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida”gi qonunlarning ijrosi muhokama qilindi. 

“Fuqarolar sog`lig`ini saqlash to`g`risida”gi Qonun ijrosi, shu jumladan bolalarda kasalliklarni erta aniqlash va profilaktika qilish, bolalar tibbiy ko`rigini va davolash-sog`lomlashtirish tadbirlarini o`z vaqtida amalga oshirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish borasidagi prokuror nazorati holatini Surxondaryo viloyatida o`rganish natijalari muhokama qilindi.

Ma`lumotlarga  ko`ra  Surxondaryo   viiloyatida    yashovchi 2 680 900 nafar  aholining   892 384 nafari yoki 33,2 foizini  voyaga  etmaganlar, 637 865  nafarini  tug`ish yoshidagi    ayollar tashkil etadi. 2020 yil davomida jami 35 ta (2019 yil 16 ta) onalar o`limi qayd etilgan bo`lib, 2019 yilning shu davriga nisbatan 19 taga ko`paygan. Shuningdek, bolalar o`limi darajasi 2020 yil davomida 586 tani tashkil qilgan bo`lsa, bu ko`rsatikich oldingi yillarga nisbatan kamaymagan.

E`tiborli jihati shundaki, onalar o`limi Angor tumanida nisbatan yuqori bo`lib, 6 nafar, Termiz shahar va Jarqo`rg`on tumanida 4 nafardan va bolalar o`limi darajasi Uzun tumanida 6 (13), Termiz shahrida 49 (160) nafarni tashkil etib, 2019 yilga nisbatan Uzun tumanida 2 baravar, Termiz shahrida 3 baravar oshganligi aniqlangan.

Bolalar o`limi kasalliklar bo`yicha tahlili, 259 nafari perenatal davri kasalliklaridan, 183 nafari nafas olish organi kasalliklaridan vafot etgan bolalar soni nisbatan yuqori darajada ekanligi tanqid qilindi.

Shuningdek, viloyat tibbiyot muassasalardagi vrachlarga ajratilgan shtat (7 602.5) birligidan hozirda 3 612 ta (47,5 foiz) shtat birligi vakant ekanligi ta`kidlandi.

Bundan tashqari, to`liq tibbiy jihozlar bilan ta`mnlanmagan. Jumladan, 99 ta oilaviy poliklinikaning birortasida UZI apparati yo`q. 

Majlisda  uchrayotgan tizimli xato va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida, Komissiya a`zolari tomonidan tavsiyalar berilib, Komissiyaning tegishli qarorlari qabul qilindi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар