Ayiqni otishga ruxsat bergan mutasaddilarni jazolashga qonunlarimiz ruxsat bermaydimi?

18.05.2021 14:47

Bugun Milliy matbuot markazida O`zbekiston Ekologik partiyasining rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`ldi.

Unda O`zbekiston Ekologik partiyasining ijroiya qo`mitasi raisi Narzullo Oblomurodov, partiyaning bo`lim boshlig`i Islombek G`ulomov va O`zbekiston turizm va sport vazirligi mas`ul xodimi Umed Rajabov savollarga javob berish uchun ishtirok etdi.

“Ekologik partiya tomonidan mustaqilligimizning 30 yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotgan “Mo`ynoqqa madad” ekologik xayriya velomarafon” matbuot anjumaniga qo`yilgan asosiy mavzu edi. Ammo jurnalistlar tomonidan berilgan asosiy savollar “Qizil kitob”ga kiritilgan qo`ng`ir ayig`ining otib o`ldirilishi bo`ldi.

Matbuot anjumanida ishtirok etgan mas`ullar bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda trendga chiqqan mazkur mavzu bo`yicha berilgan savollarga javob berishda anchagina ter to`kishdi.

Ularning aylantirib-aylantirib bergan javoblaridan shu narsani anglash mumkinki, noyob jonivorni otishga ruxsat bergan mutasaddilarni jazolashga mavjud qonunlarimiz to`sqinlik qilar ekan.

Shu bois matbuot anjumanida ishtirok etgan Ekologik partiya vakillari tomonidan bu boradagi qonunlarimiz qayta ko`rib chiqilayotganligi aytildi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
4
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
21.05.2021 07:53
Буларни хаммаси мусорку
19.05.2021 02:01
Бу жумлани айтилганини эслолмадим "ноёб жониворни отишга рухсат берган мутасаддиларни жазолашга мавжуд қонунларимиз тўсқинлик қилар экан"
18.05.2021 21:42
Shu bilan aziz bolajonlar qunduz bobo ertaklari tugadi 🤣🤣🤣🤣🤣🤣🤣