BOTGA KELGAN MUROJAAT: Farg`onada berilgan 4 foizli tavsiyanomani Andijon qabul qilmayapti

15.05.2021 04:21

Assalomu alaykum Rost24.uz kanali a`zolari, hurmatli jurnalistlar!

Men jurnalist va blogerlarni hurmat qilaman. Sizlar xalqni o`ylaysiz, xaqni so`ylaysiz. Ko`p blogerlarga murojaat qildim hozircha javob yo`q. 

Men Farg`ona viloyatida yashayman. Ollohga shukur besh qizim, bir o`g`lim bor. Prezidentimizning tashabbusi bilan tashkil etilgan OTMga kirish uchun xotin-qizlarga qo`shimcha 4 foizli tavsiyanoma katta qizimga berilgan edi. Qizimning tanlagan birinchi yo`nalishi Andijon davlat universitetidagi Xorijiy til va adabiyoti edi. 

U erda tavsiyanoma amal qilish bali 135,2 bo`lgan. Qizim esa o`z kuchi bilan 151,2 ball to`plagan. Ammo talabalikka tavsiya qilinmagan.

Tumanimizdagilar Farg`onada yashovchi xotin-qizlarga berilgan tavsiyanoma Andijonga amal qilmaydi deb aytishdi. DTMdan (71-234-97-91) qo`ng`iroq qilib ular ham Andijonga tavsiyanoma amal qilmasligini aytishdi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga Ishonch telefoni orqali yo`llangan 489774/20-sonli murojaatim yuzasidan direktor o`rinbosari S.Radjabov yo`llagan javob xatida esa Farg`onaga tavsiyanoma amal qilish baliga etmaganligi ko`rsatilgan.

Telegramdagi "Yurist xizmati"ga murojaat qildik (2428-savol). Tavsiyanoma Respublikamizdagi barcha mahalliy OTMda birdek amal qiladi deb javob yozdi. Mana shu kungacha ijobiy natija bo`lmadi.

TAHRIRIYaTDAN: O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 402-son qarorida shunday deyiladi:

"Tavsiyanoma ajratilgan qo`shimcha to`rt foizli davlat granti asosidagi qabul ko`rsatkichlari doirasida abiturient sifatida ro`yxatdan o`tishida tanlagan birinchi ta`lim yo`nalishi bo`yicha tanlovda ishtirok etish huquqini beradi, ikkinchi va undan keyingi oliy ta`lim olish uchun tanlovda ishtirok etishga nisbatan tatbiq etilmaydi." 

Ammo abiturient qaysi viloyatdan bo`lsa, o`sha viloyatga topshirsin degan joyi yo`q.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
4
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар