Rossiya fuqarosiga ikkinchi ayiqni otishga ruxsat berilmadi

16.05.2021 07:07

Ekologiya qo`mitasi jamoatchilik e`tirozini inobatga oldi 

​​O`zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlarni ovlash uchun kvota O`zbekiston Respublikasining “Ov qilish va ovchilik xo`jaligi to`g`risida”gi qonuniga asosan O`zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvota loyihasini ov qilishga kelib tushgan arizalar asosida 1 dan 15 noyabrgacha kelgusi yil uchun tayyorlaydi va 25 noyabrga qadar (qo`shimcha kvota uchun 25 aprelga qadar) O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga yuboradi.

O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvota loyihasi bo`yicha xulosani 5 dekabrga qadar (qo`shimcha kvota uchun 5 mayga qadar) O`zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasiga taqdim etadi.

O`zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi 10 dekabrga qadar (qo`shimcha kvota uchun 10 mayga qadar) bo`lgan muddatda O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasi asosida yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvotalarni tasdiqlaydi, kvotani taqsimlash to`g`risida qaror qabul qiladi hamda uni Qoraqalpog`iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo`mitasiga, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalariga (bundan buyon matnda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organlari deb yuritiladi) yuboradi.

Yovvoyi hayvonlarni tutishga doir tasdiqlangan kvotalarga muvofiq ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organlari 20 dekabrga qadar (qo`shimcha kvota uchun 20 mayga qadar) kvotalarni berilgan talabnomalarga muvofiq taqsimlaydi hamda hayvonot dunyosidan foydalanishga doir ruxsatnomalarni beradi.

Rossiyalik ovchi E.P. Shirokovga qo`mita tomonidan ov qilish uchun ruxsatnoma joriy yilning 3 martdan 31 dekabr kunigacha berilgan. 2021 yil “Qizil kitob”ga kiritilgan qo`ng`ir ayiqni ovlash uchun ajratilgan kvotadagi 2 ta ayiqqa ariza Rossiya fuqarosi E.P.Shirokovdan kelib tushganligi uchun ham ruxsatnoma unga berilgan edi.

Kvotadagi ikkinchi ayiq o`rnatilgan tartibda, ya`ni qonun ustovorligidan kelib chiqqan holda ko`rilib, bo`lib o`tgan jamoatchilik e`tirozini inobatga olinib, ikkinchi ayiqni otishga ruxsat berilmaydi.

Abdurashid Sodiqov,
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi
Bioxilmaxillik va muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar 
masalalari bo`yicha bosh boshqarma boshlig`i

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар