HAYRAT:
“Chekka bir qishloqning, chekka bir joyida umrim o`tayapti. Mening qishlog`imda ham imkoniyatlar bo`lganda edi, shaharga kelib o`qigan bo`lar edim. Bir stolning egasi bo`larmidim... 41 yil umrim bekor o`tib ketayotgandek”, deydi Samarqandning Payariq tumani, Nakurt qishlog`ida yashovchi Lobar Marqaeva.
Olis qishloqda, yashash sharoiti og`ir, eski, nurab ketayotgan, tomlari ham shiferlanmagan uyda 5 nafar farzandni voyaga etkazayotgan, ammo shu kunlaridan ham hech nolimagan sodda qishloq ayoli Rost24.uz axborot partali loyihasi asosida Toshkentga olib kelindi.
Hayotda hammaning orzusi turlicha. Lobar Marqaeva uchun Toshkentni tomosha qilish bir orzu edi. U shu vaqtgacha shahar hayotini suratlar va kinolarda tomosha qilgan.
“Sokin hayotga o`rganganman. Toshkent juda gavjum. Poytaxt haqida umuman boshqacha tasavvurda edim”, deydi u. Lobar Marqaeva Toshkentga kelib onasini ko`rdi, kitob do`koniga bordi, shahar aylandi. Saxovatpesha zamondoshlarimiz himmat ko`rsatdi. “Yangi asr avlodi” nashriyot uyi qahramonimizning kitobga qiziqishini inobatga olib, uni kitob do`koniga taklif qildi. Do`konning maxsus 30 dan ortiq sovg`a kitoblarini hadya qilishdi.
Qishlog`idan tubdan farq qiladigan, “Toshkent siti”da sayr qildi va taasurotlari, afsuslari va xursandchiliklari bilan bo`lishdi. Boshqalar uchun oddiy ko`ringan shaharga xos bo`lgan narsalar Lobar opani hayratlantirdi. U yashayotgan qishlog`i o`zi yashayotgan Respublikaning bir bo`lagi ekanligidan hayratda. Lobar Marqaeva uchun Toshkent bu o`z uyidan 500 kilometr uzoqlikda bo`lgan, oddiy bir poytaxt emas, ertakdagi shahardek tuyulganini aytadi. Qishloqdagi og`ir sharoit, imkonsizlik tufayli uning oddiy xohishlar ushalmas bir orzuligicha qolgan edi. Nakurtlik Lobar Marqaevaning taasurotlari bilan quyidagi videoreportajda to`liq tanishishingiz mumkin.