Butun dunyoga tarqalib ulgurgan, odamlar yashash tarzini o`zgartirib yuborgan koronavirus millionlab insonlar hayotiga xavf solib kelmoqda.
Quyida siz O`zbekiston ommaviy axborot vositalarida e`lon qilingan, koronavirusga chalingan va bu kasallik tufayli vafot etgan ba`zi davlat amaldorlari ro`yxati bilan tanishishingiz mumkin. Ma`lumki, virusga chalinib, davolanganlarning barchasi haqida OAVda batafsil ma`lumot yo`q. Ayrim amaldorlarimiz koronavirusga chalinganini jamoatchilikdan yashirgan holatlari ham bor. Biroq bugungi oshkoralik tufayli hamda bunday holatni yashirishning hech qanday nafi yo`qligini anglagan, qarashlari zamonaviy bo`lgan rahbarlar o`zlarining virus bilan kurashganlarini hech kimdan sir tutgan emas.
Alisher Shodmonov – Sog`liqni saqlash vaziri lavozimida ishlagan, hozirda Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori
Nurmat Otabekov – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik nazorati davlat inspeksiyasi boshlig`i.
Qobul Tursunov – Navoiy viloyati hokimi.
To`ra Bobolov – Surxondaryo viloyat hokimi.
Zoir Mirzaev – Qashqadaryo viloyati hokimi.
Shuhrat G`aniev – Bosh vazir o`rinbosari.
Sherzod Shermatov – Xalq ta`limi vaziri.
Komil Allamjonov – Milliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi vasiylik kengashi raisi.
Karim Kamolov - 2020 yilda Buxoro viloyati hokimi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchisi (vafot etgan).
Musa Erniyozov - Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi raisi lavozimida ishlagan (vafot etgan).
Rustam Qosimov - O`zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi lavozimida ishlagan (vafot etgan).
O`ktam Barnoev - Bosh vazir o`rinbosari lavozimida ishlagan (vafot etgan).
Ma`lumot uchun, hozirgi kunga qadar respublikamizda rasmiy statistikaga ko`ra, koronavirusga chalinganlar soni 79 749 nafar. Vafot etganlar soni 622 nafarni tashkil etmoqda. Joriy yilning 1 aprelidan koronavirus infeksiyasiga qarshi ommaviy emlanish jarayonlari boshlangan bo`lib, bugungi kungacha jami 1 milliondan ortiq inson ZF-UZ-VAC2001, AstraZeneca va “Sputnik V “ vaksinalari bilan aholi ixtiyoriy ravishda emlangan.