Rossiya va Ukraina o`rtasidagi ziddiyatlar: maqsad - SSSRni qayta tiklashmi?

24.04.2021 06:01

Rossiya uchun SSSR qulaganidan so`ng (undan oldin ham) doimiy davo qiluvchi hududlar shakllanib qoldi. Misol uchun Qozog`istonni SSSRga kam hudud bilan kirib o`zi bilan katta maydonni olib ketganligini ta`kidlab keladi. 

Qirg`iziston va Belarus Respublikasini boshqa sobiq sovet davlatlari qatorida iqtisodiy-siyosiy ta`sirida saqlashga harakat qiladi. Va buni qaysidir ma`noda uddalamoqda. Gruziya tarkibida bo`lgan Janubiy Osetiya va Abxaziyani (2008 yil) o`z boshqaruviga oladi. 2014 yilda Qrim yarimoroliga (Ukraina) yurish qilib Muxtor Respublikaga aylantiradi. “Ov“lari baroridan kelayotgan, Rossiya xatti–harakatlariga G`arb sanksiyalar bilan cheklanayotgan bir paytda Rus harbiylari yana yaqin bir oy ichida Donbassda (Donesk va Lugans viloyatlari) qo`zg`ala boshladi.

Xo`sh, ruslar nega aynan hozir Donbassda harakatga tushib qolishdi?

O`rmonda bo`rilar o`zining borligini bildirish uchun vaqti– vaqti bilan uvullashi bor gap. Ammo vaqt o`tishi bilan bo`rilar ham qariydi…

Putin Rossiyasi emirilib borayotgan bir paytda mamlakatda ichki nizolar avj oldi. Bu amaldagi hukumatga qarshi muxolifatchi Navalniy bilan bog`liq… Bunday jarayonda ichki muammolardan odamlarni chalg`itish, tashqi dushmanga qarshi aholini birlashtiradigan, vatanparvarlik hissini uyg`otadigan bitta harbiy ssenariy kerak edi. Shu bilan birga kuzda o`tishi kutilayotgan parlament saylovlarini ham unutmaslik lozim. Rossiya uchun ushbu jarayonlar katta tayyorgarlik Qrim yarimorolini anneksiya qilgan vaqtda ham Evropa faqat sanksiyalar bilan cheklangandi. Endichi, EI qanday reaksiya bildiradi. Agar vaziyat 2014 yil kayfiyatida davom etsa, Rossiya qo`lining engini yanada teparoqqa kutarishi mumkin.

Bo`lishuvchilar va tomonlar nima deydi?

Harbiy harakatlar tadorigini ko`rishni boshlagan Zelenskiy Erdog`on bilan uchrashadi. Tabiiyki, Turkiyani ittifoqdosh biluvchi Putin koronavirus kuchayishini sabab qilib aviaqatnovlarni to`xtatib qo`yadi. Ukrainani qo`llab–quvvatlayotgan AQSh va Evropa davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritishni boshlaydi.

Shuningdek, Germaniya kansleri Angela Merkel Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali qilgan muloqotida Ukraina sharqida Rossiya qo`shinlarini kuchaytirishdan voz kechishni talab qildi. Oq uy vakili Jennifer Psaki esa Vashington Ukraina chegarasidagi vaziyatning keskinlashishiga javob tayyorlayotganini ma`lum qildi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`an Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvda Anqara Qrimning Rossiyaga qo`shib olinishini tan olmasligini, Ukraina sharqidagi inqiroz tinch yo`l bilan, muloqot orqali hal qilinishi kerakligini ta`kidladi. G7 mamlakatlari etakchilari hamda Evropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Rossiyani Ukraina chegarasida ig`vogarlik qilishni to`xtatishga chaqirdi.

Rasmiy Kreml esa Ukraina chegaralari yaqinida harbiylar to`planishini shunchaki harbiy mashg`ulot deya izohladi.

Zelenskiy Putin bilan xohlagan joyda uchrashib olishni bildirgan. Unga ko`ra Putin «U Donbassni muhokama qilmoqchi bo`lsa, u avval DXR (Donesk Xalq Respublikasi) va LXR (Lugansk Xalq Respublikasi) rahbarlari bilan, keyin esa Rossiya bilan uchrashishi kerak» deya ta`kidlagan. Putin Zelenskiy ikki tomonlama rivojlanish bo`yicha muzokara o`tkazishni istasa unga qulay vaqtda Moskvada qabul qilishini bildirgan. Shuni ta`kidlash kerakki, Donbassning ushbu ikki viloyatida ruslar ko`pchilikni tashkil etadi, hatto yarim million aholi Rossiya fuqarolik pasportiga ega.

Kiev Milliy universiteti olimi Taras Kuzyo Kreml urushga jur`at eta olmasligini bildirgan. Chunki hozirgi xatti–harakat Rossiyaning G`arb bilan aloqalarini batamom barbod qilishi mumkin.

Kuzyo fikricha, Kreml qisqaroq va cheklangan to`qnashuv rejalayotgan bo`lishi, Zelenskiyga 2008 yilda Gruziya Prezidenti Mixail Saakashvilini o`z qopqoniga tushirib, provokasiyaga uchratganini eslatib qo`ymoqchi bo`lishi mumkin.

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ukraina chegarasiga yaqin bo`lgan Rossiya qo`shinlarining bir necha qismlariga harbiy bazasiga qaytishni buyurgan.

Shuningdek, u bosh shtab, harbiy okruglar qo`mondoni va havo-desant qo`shinlariga 23 apreldan qo`shinlarni doimiy joylashish punktlariga qaytarishni batafsil rejalashtirish hamda xavfsizlik choralari bajarilishini ta`minlashni tayinlagan. Shoyguning so`zlariga Evropa davlatlari munosabat bildirar ekan, vaziyatni kuzatishda davom etishini bildirgan. Lekin vaziyat hali barqarorlashgani yo`q.

Sardor POYoNOV

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
13.06.2021 04:20
Rossiyani harbiy kuch bilan yengishning iloji yo'q. Har qalay O'zbekiston uchun Xitoy yoki AQSHdan ko'ra Rossiya foydaliroq
27.04.2021 19:28
Сардор поеновнинг отасига рахмат,киска,аник,лунда,койилмаком килиб яна кирил алифбосида тушинтирган халкаро сиесий ахволни...
27.04.2021 10:47
Россия қўлининг енгини янада тепароққа кутариши мумкин...?! Нима дегани бу? Менимча, ўзбек тилида енг кўтарилмайди, шимарилади. Қолаверса, қўлнинг енгини, деб ёзиш мантиқсизлик. Чунки енг шундоғам қўлга тегишли, агар оёққа тегишла бўлса, унда пойча бўлар эди. Бу жумла рус тилидаги "Россия может засучить рукава выше" жумласидан сўзма-сўз ва ниҳоятда нўноқларча таржима қилинганини кўрсатиб турибди. Муҳаррирларниям ишлатиб туринглар, ҳамкасблар.
27.04.2021 10:46
Россия қўлининг енгини янада тепароққа кутариши мумкин...?! Нима дегани бу? Менимча, ўзбек тилида енг кўтарилмайди, шимарилади. Қолаверса, қўлнинг енгини, деб ёзиш мантиқсизлик. Чунки енг шундоғам қўлга тегишли, агар оёққа тегишла бўлса, унда пойча бўлар эди. Бу жумла рус тилидаги "Россия может засучить рукава выше" жумласидан сўзма-сўз ва ниҳоятда нўноқларча таржима қилинганини кўрсатиб турибди. Муҳаррирларниям ишлатиб туринглар, ҳамкасблар.
25.04.2021 08:33
Assalomu alaykum Uygʻur va Xitoy munosabatlari haqida ham shunday xabarlarni kutib qolaman vaziyat qanday tus olyapti bu davlatlarda
25.04.2021 00:39
СИЗЛАРДАН ҲУРСАНДМАН. ОЗОДЛИК РАДИОСИДА ЎН ЙИЛ ИШЛАДИМ. СИЗЛАРНИ ДОИМО ҚЎЛЛАБ ҚУВВАТЛАЙМАН. ТЕЛ. 93 942 02 03.НОСИР ЗОКИР