«Biz agar O`zbekistonga kirib kelgan hamma viruslarni identifikasiya qilish imkoniyatiga ega bo`lganimizda hozir O`zbekistonda kamida 100 yoki 150 xil virusni aniqlagan bo`lardik.
Negaki, shu vaqtga qadar Covid - 19 virusini 5 mingdan ko`proq yangi mutasiyaga uchragan shtammlari paydo bo`lgan. Shulardan uchtasi brazilcha, britancha va Janubiy afrikacha shtammlaridir.
Endi biz bu shtammlarni har bittasiga nom qo`yib o`tirishimiz shart emas. Lekin bizni bezovta qilgan jihati shuki, keyingi paytlarda bolalar orasida koronavirusni yuqtirish alomatlari ortib bormoqda. Ba`zi bir holatlarda umumiy kasallanishning 25 foizini tashkil etmoqda. Bolalarda koronavirus oddiy shamollashga o`xshab kechadi.
Bolalar orasida uchragan kasallik, aytaylik, britancha shtamm bo`lsin, oila a`zolardagi surunkali kasalligi borlarga, ayniqsa yoshi katta odamlarga yuqadigan bo`lsa, ularda jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin» – dedi Sanitariya - epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`ining o`rinbosari Nurmat Otabekov.