Oxirgi vaqtlarda yog` narxining keskin oshishi fuqarolarimizning haqli e`tiroziga sabab bo`lmoqda.
– Aholimizga qulay bo`lishi uchun yog`ni arzonlashtirib sotib zararini davlat tomonidan subsidiya tarzida qoplab berish bu vaqtinchalik chora. Chunki davlat har doim ham o`zining cho`ntagidan qoplab berolmaydi, – dedi O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi raisi o`rinbosari Inomjon Tog`aev. – Bugungi kunda ayrim yog` mahsulotlari 34 foizgacha ko`tarilgan. Bu holatda vakolatli davlat organlari, Antimonopoliya qo`mitasi bo`yicha izoh berdi. Bu aholida xorijdan import qilinayotgan mahsulotlardagi pandemiya sharoiti tufayli xom-ashyo mahsulotlarining tannarxi ko`tarilgani bilan izohlanadi. O`zbekiston sharoitida bugungi kunda ichki bozorimiz to`liq mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan to`yintira olish qobiliyatiga ega emas. Shuning uchun ham import qilinadi bu mahsulotlar. Lekin tanganing ikkinchi tarafi borki, shu kunga qadar respublika hududiga keltirilgan ayrim mahsulotlar «xorijda ko`tarilgan», degan gapni eshitish oqibatida bu erda sun`iy ravishda ko`tarilish holatlari kuzatilyapti. Aslida ular arzon paytda kirib kelgan .
– O`zimizda ishlab chiqarilayotgan yog`ning narxi nega oshdi?
– Bugungi kunda chakana savdo bilan shug`ullanuvchilar aytishicha, kechagina shu ferma shu yog`ni misol uchun shartli ravishda 20 mingdan olib kelgan bo`lsa, 25 mingdan sotayotganligini aytadi. Ichki mahsulotlarining oshishiga asos yo`q, import mahsulotlarini narxi oshganiga demak biz ham oshirishimiz kerak deb o`ylashadi… Tadbirkor sotgan tovariga soliq to`laydi lekin aholini ham o`ylashi kerak.
– Ma`lumotlarga ko`ra, Rossiyada ishlab chiqarilgan 5 litrlik pista yog`i qo`shni Qozog`istonda 80 ming so`m, O`zbekistonda esa 120 ming so`mdan sotilmoqda.
– Bunaqa paytda import qiluvchi tashkilotlar uchun yog` mahsulotlariga nisbatan bojlarni tushirish kerak. Monopoliya umuman bo`lmasligi kerak, dedi O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi raisi o`rinbosari Inomjon Tog`aev.
Ruxsora G`ofurova,
Sirojiddin Xoshimjonov (video)