Bugun Toshkentda Markaziy Saylov komissiyasi ish boshladi.
Komissiyaning majlisida yangi O`zbekistonda Prezident saylovi yangicha tizimda, yangi milliy qonunchilik asosida, umume`tirof etgan xalqaro standartlarga amal qilgan holda, butunlay yangicha muhitda o`tishini ta`kidlamoqda.
Shuningdek, majlisda joriy yilda o`tishi belgilangan Prezident saylovini yuqori darajada tashkil etishga e`tibor qaratilayotgani alohida tilga olindi.
Biroq hozircha, Prezident sayloviga kimlar va qaysi partiyalardan nomzodlar ilgari surish-surmasligi ma`lum emas.
Eslatib o`tamiz, Rost24.uz axborot sayti Prezident saylovlari mavzusidagi eng qizg`in jarayonlarni, fikr va munosabatlarni doimiy taqdim etib boradi.