O`zbekistonda yana qo`shimcha COVID-19 taqsimot markazlari qayta ochilishiga ehtiyoj bormi? Ayni paytda yurtimizda kuniga yuzdan ortiq koronavirus bilan kasallanganlar soni qayd etilmoqda.
Xususan kun kecha 8 aprel sanasida COVID-19 bilan kasallanganlar soni ilk marta 200 nafardan ortiqni tashkil etdi. Kasallanish soni kun sayin ortib bormoqda. Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati rahbarining rost24.uz axborot-tahliliy saytiga ma`lum qilishicha, ayni damda COVID-19 va atipik pnevmoniya bemorlari uchun taqsimot markazlarini tashkil etish uchun ehtiyoj yo`q.
2020 yilning avgust oylarida poytaxtda koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan yoki kasallangan bemorlarga tezkorlik bilan malakali tibbiy yordam ko`rsatish maqsadida jami 3 084 ta o`rinli 4 ta saralash va taqsimlash markazi tashkil qilingan edi. Hozirgi vaqtda ularning faoliyati tugatilgan.