​Toshkentda Zamonaviy san`at markazining ochilish marosimi bo`lib o`tdi

06.09.2026 18:35

​Toshkentda Zamonaviy san`at markazining (“CCA Tashkent”) ochilish marosimi bo`ldi.

Unda Prezident Administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoeva ham qatnashdi.

Ushbu dargohda ko`rgazma zallari, kutubxona, konsept-stor, ta`lim maydonlari hamda uchrashuv va tadqiqotlar uchun mo`ljallangan jamoat hududlari o`rin olgan. Qamrovining bu qadar kengligi uni butun Markaziy Osiyo mintaqasida shu turdagi birinchi raqamli majmua darajasiga olib chiqmoqda.

​Yangi madaniy klaster 1912 yilda qad rostlagan sobiq dizel elektr stansiyasining tarixiy binosida joylashdi. Inshootning me`moriy transformasiyasi dunyoga mashhur “Studio KO” byurosi tomonidan amalga oshirildi. Endilikda bu erda ko`rgazmalar, ilmiy izlanish jarayonlari, ma`ruzalar, ochiq muloqotlar, film namoyishlari, konsert va performanslar muntazam o`tkazib boriladi.

​Mamlakatimizda yana bir shunday nufuzli, zamonaviy maydonning vujudga kelgani alohida ahamiyatga ega. “CCA Tashkent” ijodkorlar, kuratorlar va xalkaro tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik o`rnatib, o`zbekistonlik iste`dod egalarining yangi auditoriyaga chiqishi hamda xorijiy sahnalarda munosib e`tirof topishiga zamin yaratadi.

​Mazkur loyiha Prezidentimizning tashabbuslari hamda O`zbekiston Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasining katta sa`y-harakatlari natijasida ro`yobga chiqdi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар