Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekistonda bir jinsli nikoh tarafdorlari va bunga qarshi bo`lganlar o`rtasida turli darajadagi tortishuvlar avj olgan edi.
Bunga besoqolbozlikni yoqlovchi(LGBT)lar qadriyatlariga, ijtimoiy muhitiga yot bo`lgan jamiyatda ochiq-oshkora o`zlarini namoyish qilishi, tarafdorlarini to`plashga harakat boshlagani sabab bo`ldi. Ijtimoiy tarmoqlar hamda poytaxt markazida chiqish qilgan ushbu guruhlar “liderlar”i bir jinsli nikoh tuzish, O`zbekiston Jinoyat Kodeksining 120 moddasiga o`zgartirish kiritishni so`rab o`z tarafdorlarini poytaxtimizdagi Amir Temur xiyoboni atrofiga har yakshanba kuni to`planishini so`rab chiqishgan edi.
Bugun esa Toshkent shahri markazidagi xiyobon atrofida ana shu xurujga, bir jinsli nikohni yoqlamagan bir guruh islom dini tarafdorlari ularga qarshi namoyishga chiqishdi. Tarmoqlarda keng muhokama qilinayotgan voqealar video tasvirlari tarqaldi. Mazkur xodisa haqida rasmiylar tomonidan hozircha biror ma`lumot berilgani yo`q.