Saida Mirziyoeva Putinning odami bilan uchrashdi

15.04.2026 21:10

Bugun, 15 aprel kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoeva mamlakatda amaliy tashrif bilan bo`lib turgan Rossiya Federasiyasi Prezidenti Administrasiyasi rahbarining birinchi o`rinbosari Sergey Kirienko uchrashuv o`tkazdi. Bu haqda Saida Mirziyoeva o`zining Telegram-kanalida ma`lum qildi.

Uning bildirishicha, uchrashuvda ikki davlat rahbarlari o`rtasidagi kelishuvlarning amaldagi ijrosi muhokama qilingan.

“Savdo, iqtisodiyot, energetika va IT sohalaridagi qo`shma loyihalar e`tibor markazida bo`ldi. Prezidentlar Administrasiyalari o`rtasida ta`lim, bandlik va yoshlar siyosati kabi yo`nalishlarda aloqalarni rivojlantirish masalalari ham alohida ko`rib chiqildi”, deydi Saida Mirziyoeva.

 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар