Dekabrda yog`ingarchilik yomg`ir qor ko`rinishida bo`ladi.
Dastlabki kuzatuvlarga ko`ra, bu yilgi dekabr harorat ko`rsatkichlari bo`yicha o`rtacha ko`p yillik qiymatlarga yaqin bo`lishi kutilmoqda.
«O`zgidromet» xabariga ko`ra, oy davomida haroratning kechasi 0-5 daraja sovuqdan 2-7 daraja iliqqacha, kunduzi 0-5 daraja iliqdan 10-15 daraja iliqqacha o`zgarib turishi kutilmoqda. Respublikamizning shimolida tunda 8-10 daraja sovuq bo`lishi mumkin. Oyning ikkinchi yarmida esa 12-15 daraja sovuq bo`lishi mumkin.
O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilikli kunlar o`rtacha 5 kundan 13 kungacha tashkil qilishi mumkin. Bir kecha-kunduzda maksimal yog`inlar miqdori sutkalik me`yordan ancha ko`p bo`lishi mumkin.
Oxirgi 10 yil ichida namgarchilik ko`p bo`lgan dekabrlar 2013, 2016, 2019 yillarda qayd etilgan. Masalan, 2019 yil 22 dekabrda maksimal sutkalik yog`inlar miqdori Toshkentda 34 mm.ni tashkil qilgan.
Bu yilgi dekabrda oylik yog`inlar miqdori me`yor atrofida, ayrim joylarda me`yordan yuqori, shimolda esa ba`zi joylarda me`yordan past bo`lishi kutilmoqda (Toshkentda dekabr oyi uchun yog`inlar 59 mm.ni tashkil qiladi). Yog`ingarchilik oy davomida vaqti-vaqti bilan kuzatiladi.