Rekord tezliklar, yangi alyanslar va kelajak texnologiyalari: UZTELECOM ICTWEEK 2025 yakunlarini taqdim etdi

26.09.2025 18:01

Toshkentda mintaqaning eng yirik texnologik forumi — ICTWEEK Uzbekistan 2025 o`z ishini yakunladi. Forum asosiy innovasiyalar va yangi hamkorliklarni taqdim etish maydoniga aylandi.

Har yili bo`lgani kabi, UZTELECOM mamlakat raqamli rivojlanishining lokomotivi sifatidagi maqomini tasdiqlab, qator innovasion texnologiyalarni namoyish etdi hamda «Raqamli O`zbekiston – 2030» dasturini jadallashtiradigan strategik ahamiyatga ega kelishuvlarni imzoladi.

U6G: Rekord tezlikdagi sinov

Ishtirokchilarning alohida e`tiborini MDHda ilk bor joriy etilgan U6G texnologiyasi tortdi. Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov shaxsan pilot tarmoqni sinovdan o`tkazib, ma`lumot uzatishning rekord tezligi — 10 Gbit/s gacha bo`lgan natijani qayd etdi. Ushbu namoyish UZTELECOM’ning texnologik etakchiligini amalda tasdiqladi va mamlakatda yangi avlod tarmoqlarini yaratish yo`lini ochib berdi.

SOLAR Security: Kiberxavfsizlikda yangi echim

SOLAR Security — veb-xizmatlarni himoya qilish uchun mo`ljallangan kompleks echim bo`lib, unda Anti-DDoS, Anti-Bot va WAF funksiyalari mavjud. U hujumlarning oldini oladi, zararli avtomatlashtirilgan trafikni to`sadi va ilovalarni zaifliklardan himoya qilib, veb-resurslarning barqaror va xavfsiz ishlashini ta`minlaydi. Ko`rgazmada ushbu kiberxavfsizlik xizmati texnik jihatdan ishga tushirildi va yaqin kelajakda kompaniya uning tijoriy savdolarini yo`lga qo`yishni rejalashtirmoqda.

HONOR: Qo`shma marketing tashabbuslari va VoLTE’ni rivojlantirish

ICTWEEK 2025 doirasida HONOR va UZTELECOM qo`shma promo-aksiyalar o`tkazish rejalari yuzasidan muzokaralar olib bordilar. Shuningdek, operatorning ofislarida va onlayn-do`konida HONOR smartfonlarini sotuvga chiqarish boshlangani e`lon qilindi. Forumda sun`iy intellekt imkoniyatlarini namoyon qiluvchi eng so`nggi AI-smartfonlar taqdim etildi. Uchrashuv davomida uzoq muddatli hamkorlikni yo`lga qo`yish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Infinix: Qo`shma aksiya va abonentlar uchun yangi imkoniyatlar

Forum davomida UZTELECOM va Infinix hamkorlik memorandumi imzoladilar hamda qo`shma promo-aksiyalarni boshlashga kelishib oldilar. Birinchi loyihalardan biri — keng ko`lamli «1+1» aksiyasi bo`ldi: xaridorlar bir dona narxiga ikkita zamonaviy smartfon, shuningdek, bonus internet-trafik paketlari va raqamli xizmatlarga ulanish imkoniyatini olmoqdalar. Bundan tashqari, forum kunlarida PUBG kibersport musobaqasi o`tkazildi.

UZTELECOM'ning rasmiy bayonoti

Forum yakunlariga bag`ishlangan bayonotida, «O`zbektelekom» AK boshqaruv raisi matbuot kotibi Timur Mamajanov shunday dedi:

«ICTWEEK biz uchun nafaqat yangi mahsulotlarni namoyish qilish maydoni, balki muhim hamkorliklar tug`iladigan maskan hamdir. U6G ishga tushirilishi O`zbekistonning mintaqadagi texnologik etakchilar safida bo`lishga tayyorligini ko`rsatadi. Xalqaro kompaniyalar bilan imzolangan yangi kelishuvlar esa xalqimizga yanada ishonchli va zamonaviy raqamli xizmatlarni taqdim etadi».

ICTWEEK Uzbekistan 2025 yana bir bor isbotladi: UZTELECOM mamlakatning raqamli transformasiyasi lokomotivi bo`lib qolmoqda, xalqimiz uchun infratuzilma va xizmatlarni yaratishda davom etmoqda.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар