Birlamchi ma`lumotlarga ko`ra, chaqnash natijasida uyning bir qismi qulab tushib xonadon sohiblari vayronalar ostida qolgan. Turar-joyning zarar etgan qismidan to`rt kishi olib chiqilib, tibbiyot muassasasiga yuborilgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko`ra, chaqnash oqibatida 36 yoshli ota va 14 yoshli katta farzandi vafot etgan bo`lib, ona va kichik faarzand turli darajada tan jarohatlari olgan.
Birlamchi ma`lumotlarga ko`ra, chaqnashning asosiy sababi sifatida tabiiy gazdan foydalanish qoidalarining buzilishi taxmin qilinmoqda.