O`zbekistonda o`z vaqtida qaytarilmagan kreditlar miqdori oshib bormoqda

14.07.2025 20:53

2025 yil 1 iyun holatiga ko`ra, O`zbekiston banklaridagi muammoli kredilar (NPL) 23,52 trln so`mga etdi (2024 yil mos davrida 20,93 trln so`m bo`lgan). Bu miqdor mamlakatda jami ajratilgan qarzlarning (567,7 trln so`m) 4,1 foiziga teng.

Qaytarilmayotgan kreditlarning katta qismi (15,76 trln so`m) davlat ulushi mavjud banklar tomonidan berilgan. O`zmilliybank doimgidan ajratgan qarzlarini undira olmayotgan davlat banklari orasida etakchi — 3,2 trln so`m (1 yil avval 3,7 trln so`m). Keyingi o`rinni Agrobank band etgan — 2,96 trln so`m. Mazkur bankda bir yil oldingi muammoli kreditlar 2 trln so`m bo`lgan. Bunda qaytarilmagan qarzlar miqdori yillik 900 mlrd so`mdan ko`proq o`sgan. O`zsanoatqurilishbankda ham muammoli kreditlar ulushi yuqoriligicha qolmoqda (2,57 trln so`m).

O`tgan oy boshida Biznesni rivojlantirish banki qaytarilmagan kreditlar miqdori 1,85 trln so`mni tashkil etgan. Mazkur bank bir yil davomida muammoli qarzlarni keskin qisqartirishga erishgan. Ya`ni 2024 yil iyunda qaytarilmayotgan qarzlar ulushi 2,84 trln so`m bo`lgan.

O`z navbatida Asaka bank (1,92 trln so`m), Xalq banki (1,2 trln so`m) va Mikrokreditbank (1,27) qaytarib ololmayotgani qarzlari ham 1 trln so`mdan ko`p.

Xususiy banklar orasida qaytarilmagan kreditlarning eng ko`p miqdori Ipoteka bankda — 3,35 trln so`m (2024 yil 1 iyunda 2,36 trln so`m). Bank 2022 yil 12 dekabrda 75 foiz davlat ulushi xususiylashtirilgan. U sotilishidan oldin muddati o`tgan kreditlar miqdori 873 mlrd so`m bo`lgan. Xususiylashtrilgandan keyin bir yil o`tib, bu miqdor 1,9 trln so`mga etgan. Yakuniy raqamlar esa muddati o`tgan kreditlar miqdori o`sish sur`ati jadal tus olganidan dalolat beradi.

Davlatga qarashli bo`lmagan banklar ichida Kapital bankning muammoli qarzlari (1,8 trln so`m) ulushi ham nisbatan yuqori.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар