Ekologiya vazirligi Toshkentda yashab bo`lsaligining 7 ta sababini ma`lum qildi

12.01.2024 14:01

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi taqdim etgan ma`lumotlarga ko`ra, poytaxt atmosfera havosining ifloslanishiga quyidagi omillar ta`sir etmoqda:

1. Toshkentda yashil hudud kamaygan. Jumladan, daraxtlar va butalarning kesilishiga e`lon qilingan moratoriy davrida 49 mingga yaqin daraxtlar noqonuniy kesilgan.

2. Shaharsozlik bosh rejalari tasdiqlanmasdan, qurilish ishlari betartib amalga oshirilmoqda. Xususan, Toshkent shahrida bir necha marotaba qurilish ishlarini amalga oshirmaslik bo`yicha moratoriy e`lon qilingan bo`lsa-da, qurilishlar hanuzgacha davom etmoqda.

3. Avtotransport vositalari soni ortib bormoqda.

4. Toshkent shahrida tirbandlik holatlari ko`p kuzatilmoqda. Tirbandlikda to`xtab turgan avtomobil esa harakatlanayotgan avtomobilga nisbatan atmosferaga ko`proq tashlama chiqaradi.

5. Iqtisodiyot tarmoqlari va aholining energiya resurslariga bo`lgan talabi ortishi natijasida uglevodorodlardan, jumladan, ko`mir yoqilg`isidan foydalanish hajmi ortmoqda.

6. Kuz-qish mavsumida Issiqlik markazlari tomonidan qo`shimcha yoqilg`i sifatida mazut yoqilg`isidan foydalanish.

7. Tabiiy omillar: Toshkent shahri tog`lar bilan o`ralgan va chuqurlikda joylashgan. Shu sababli shamol aylanmasligi hisobiga chang havo oqimi shaharda turib, dimlanib qoladi va tabiiy yo`l bilan chiqib ketmaydi.

 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар