Tadbirkorlar uchun “tayyor biznes” loyihalari auksion savdolariga chiqariladi

28.12.2023 09:51

Hukumatning “140 ta ilg`or sanoat korxonasi” dasturini amalga oshirish va “sanoat ipotekasi” tizimini joriy qilishga doir chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori (684-son, 26.12.2023 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko`ra, 2024 yil 1 yanvardan “sanoat ipotekasi” tizimi joriy etiladi. Bunda:

— tadbirkorlarga er uchastkalari (ishlab chiqarish maydonlari) qurilish uchun tegishli ruxsatnomalar va loyiha hujjatlari rasmiylashtirilgan holda, “tayyor biznes” shaklida auksion savdolariga chiqariladi;

— ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida bino va inshootlar xarid qilish uchun 7 yil muddatga, 2 yilgacha imtiyozli davr bilan milliy valyutada yillik 10 foiz stavkada kreditlar ajratiladi. Bunda tijorat bankining marjasi 4 foiz miqdorida belgilanadi.

Shuningdek, dastur doirasida tanlov g`oliblariga xorijiy valyutada yillik 4 foiz va milliy valyutada yillik 10 foiz stavkada 10 yil muddatgacha, shundan 3 yilgacha imtiyozli davr bilan bir loyiha qiymatining 25 foizi miqdorida, biroq 10 million AQSh dollaridan ko`p bo`lmagan miqdorda kreditlar ajratiladi.

Bunda ushbu kreditlar bo`yicha tijorat banklarining marjasi xorijiy valyutada 2 foiz va milliy valyutada 4 foizni tashkil etishi aytilmoqda.

Yirik sanoat loyihalarini ochiq tanlov asosida tanlashning asosiy mezonlari:

— loyiha doirasida kamida 100 ta yangi ish o`rinlari yaratilishi;

— ishlab chiqariladigan mahsulotning ichki bozordagi import ulushi 50 foizdan yuqori bo`lishi;

— ishlab chiqarish texnologik asbob-uskunalari yangi (yangi avlodga mansub) bo`lishi kerak.

Dastur doirasida tanlov g`oliblariga xorijiy valyutada yillik 4 foiz va milliy valyutada yillik 10 foiz stavkada 10 yil muddatgacha, shundan 3 yilgacha imtiyozli davr bilan bir loyiha qiymatining 25 foizi miqdorida, biroq 10 million AQSh dollaridan ko`p bo`lmagan miqdorda kreditlar ajratilishi belgilangan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар