Rasman: Milliy gvardiya ham jarimaga tortishni boshlaydi

13.10.2023 19:06

Bugun, 13 oktyabrdan kuchga kirgan qonun bilan Milliy gvardiyaga ham ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo`yicha huquqbuzarliklarga qarshi choralar ko`rish vakolati berildi.

O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya surishtiruv va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig`i Ulug`bek Zoitov mazkur qonunning mazmun-mohiyati bo`yicha izoh berdi.

Ulug`bek Zoitov
Milliy gvardiya surishtiruv va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig`i

«Bugun, 13 oktyabrdan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo`yicha huquqbuzarliklar uchun Milliy gvardiyaga ma`muriy bayonnoma to`ldirish va jarima belgilash vakolati berildi. Maishiy chiqindilarni va boshqa nosoz holatga kelgan qattiq jisimlarni belgilangan joylarga tashlashni farzandlarimizga uqtirishimiz kerak. Aks holda Milliy gvardiya xodimlari vakolatlari doirasida bayonnoma rasmiylashtirishadi va qonun doirasida (belgilangan tartibda) jarima qo`llaydi», — dedi Ulug`bek Zoitov.

Milliy gvardiyaga berilayotgan ushbu vakolatlar borasida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirining maslahatchisi Rasul Kusherbaev ham o`z fikrini bildirdi.

Rasul Kusherbaev
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirining maslahatchisi

«Fuqarolarning umumiy yurish-turishga oid madaniyatini shakillantirishda, tegishli tartiblar bo`lishi kerak. Bu vakolatlar oldin Ichki ishlarda bo`lgan, endi Milliy gvardiyaga ham berilayotgani ayni masalada nazoratni kuchaytirishga yordam beradi.

Aslida duch kelgan, belgilanmagan joyga tamaki qoldig`ini  tashlab ketish, atrofni ifloslantirish mumkin emas, lekin boshqa organlarda kuch imkoniyatlari cheklanganligi nuqtai nazaridan, hamma joyda ham buni nazorat qilish imkoniyati bo`lmagan. Bu vakolat Milliy gvardiyaga ham berilgani paralel ravishda mavjud imkoniyatdan foydalanishga olib keladi.

Bundan buyon aynan obodanlashtirishga doir huqubuzarliklar bo`lsa, Milliy gavrdiya xodimlari ham ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirib, chora ko`rishi mumkin. Bu faqatgina atrof muhitning tozaligini ta`minlashga va profilaktika ishlariga yordam beradi.

Masalan, belgilanmagan joyda ekologiya va atrof-muhitga oid huquqbuzarliklarni sodir etadiganlar tushunishi kerakki, bundan buyon nazorat yana ham kuchayadi. Chunki, baribir chetdan birov kelib, bizning atrofimizni toza qilib bermaydi. O`zimizni o`zimiz tarbiyalab, shu yo`nalishga o`tmasak bo`lmaydi», — dedi Rasul Kusherbaev.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар