Poytaxtdagi soʻnggi yashil maskanga ham navbat yetib kelmoqda

07.10.2023 10:06

“Botanika bog`i” hududi ham xavf ostida qolishi mumkin.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan ishlab chiqilib, Bosh vazir A.Aripov imzolagan qaror loyihasiga ko`ra, O`zbekistondagi barcha istirohat bog`lari (196 ta) hokimliklar huzurida tuziladigan “Istirohat bog`larini boshqarish direksiyasi”ga o`tkaziladi.

Ushbu direksiyalarga istirohat bog`larida savdo qilish, pullik xizmat ko`rsatish, ob`ekt va er uchastkalarini ijaraga berish vakolati berilmoqda

Loyihada nazarda tutilayotgan 196 ta istirohat bog`lari ichida O`zbekistondagi eng yirik bog` hisoblnadigan, hozirgacha Fanlar akademiyasiga qarashli bo`lgan “Botanika bog`i” ham bor.

«Afsuski o`tmishda “Botanika bog`i” hududiga Toshkentning ko`plab sobiq hokimlari ham ko`z olaytirishgan. Agar bog` hokimiyatga o`tsa, u olimlar qaramog`idagi tabiat dunyosi ob`ektidan, biznes ob`ektiga aylanadi. Va daraxtzor o`rni qurilish maydoniga aylanadi. Chunki hokim va uning jamoasida bundan ortiq ish qilishga salohiyatning o`zi yo`q. Maqsad: “soqqa” qilish», — deb yozadi sobiq deputat Rasul Kusherbaev.

Ma`lumot uchun, mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o`rinbosari Ochilboy Ramatov zimmasiga yuklatilgan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар