FVV is gazidan zaharlanishlar sonini kamaytirib ma`lumot berdi

27.09.2023 17:03

2022 yil boshidan 90 dan ortiq is gazidan zaharlanish holatlari qayd etilgan. Buning oqibatida esa 146 nafar fuqaro halok bo`lgan

Bu haqda 2022 yil 23 dekabrda IIV FVV ma`lumotlariga tayanib, xabar qilgan. Ammo 26 sentyabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi o`tkazgan matbuot anjumanida vazirlik mas`uli 2022 yilda 18 ta is gazidan zaharlanish holatlari qayd etilgan, deya ma`lumot berdi.

Rost24.uz Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas`uli keltirgan hisobotlarga e`tiroz bildirdi.

Is gazidan zaharlanishlar soni yildan yilga ko`paymoqda, chunki o`tgan yili deyarli har ikki kunda is gazidan zaharlanish haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi. 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarma boshlig`i O`lmas Muzaffarov matbuot anjumanida jurnalist e`tiroziga e`tiroz bildirgan holda, qo`lidagi ma`lumotlarini yana bir bor qaytarib o`tdi:

"Is gazidan zaharlanish holatlari yildan yilga kamaymoqda, bunga dalillar bor. Misol uchun, 2022 yilda 18 ta holat bo`lgan bo`lsa, 2023 yilning o`tgan 3 oyida 8 ta holat bo`lgan. To`g`ri hali oldinda noyabr, dekabr bor deyish mumkin. Lekin biz ham prognoz qilamiz. Biz shunga asoslanib, kamaymoqda deyapmiz. Bundan keyingi yil ham kamayadi. Sababi, ma`lumot etkazish tizimi o`zgardi. Odamlar buni ko`rib xulosa qilyapti", – dedi O`.Muzaffarov.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар